...

20 Iyn

Xalqaro giyohvand moddalarni suiiste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni

Jizzax politexnika institutida viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Xalqaro giyohvand moddalarni suiiste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi vrach – epidemiologi A.Muzaffarova, Jizzax shahar IIV Jinoiy qidiruv boshqarmasi tezkor bo‘limi xodimi L.Boynazarov, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova ochib berdi. U so‘zida inson hayotda yashar ekan, yaxshilikka intilib, yomonlikdan yiroqlashib yashashga harakat qiladi. Ammo baʼzan ezgulikka yovuzlik rahna soladi. «Asr vabosi” nomini olgan giyohvandlik insonning osuda hayotiga chang solib, ongini oʻziga boʻysunmaslikka undaydi. Biz shunga qarshi kurashishimiz kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan soʻng, Jizzax shahar IIV Jinoiy qidiruv boshqarmasi tezkor boʻlimi xodimi L.Boynazarov soʻzga chiqdi. Ma’ruzachi oʻz soʻzida giyohvand moddalarning turlari, ularning inson organizmi, xususan, yoshlar organizmiga yetkazadigan salbiy ta’siri, bunday illatlar va turli oqimlar ta’siri, shuningdek, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, shu bilan birga har birimiz yonimizdagi doʻstimiz, yaqinlarimiz uchun qaysidir maʼnoda javobgarligimizni his etishimiz kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Navbatda soʻz olganlar bu dardga chalinmaslik va yoshlarimizga hayotning toʻgʻri yoʻllardan yurishi zarurligi haqida tushunchalar berishdi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob oldilar.