...

19 Iyn

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish – davr talabi

Ma’lumki, ma’naviyat va ma’rifat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Chunki ma’naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik vujudga keladi, ma’rifatli, bilimli, ziyoli insonlar bor yerda esa mamlakat va millat taraqqiy etadi.

Jizzax politexnika institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish – davr talabi” va “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi xodimlari A.Mamadaliyev hamda S.Abduvoitov, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar hayotiy misollar orqali ma’ruzalar qilib, yoshlarimizni turli yot gʻoyalar, «ommaviy madaniyat», jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, ekstremizm va terrorizm kabi salbiy illatlardan saqlash, ogoh va hushyor bo‘lish, kelajagimiz egalarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish uchun faqat ma’rifatga va ma’naviyatga tayanish lozimligini ta’kidladilar.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida nashr etilgan “Musnadi Keshiy”, “Musnadi Dorimiy”, “Shamoili Buxoriy” nomli yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalarning savollariga soha mutaxasislari tomonidan batafsil javob berildi. Qiziqarli savol-javoblar va fikr-mulohazalar tadbirning mazmunli o‘tishini ta’minladi. Tadbirning savol-javob qismida eng faol qatnashgan ishtirokchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.