...

16 Iyn

Xalqaro kimyo olimpiadasi Xiva shahrida tashkil etildi

#xushxabar #Xalqaro_olimpiada

⚡️ Maʼlumki, 11-17-iyun kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ilk marotaba Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi Xiva shahrida tashkil etildi.

Ushbu nufuzli olimpiadada Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston, Vetnam, Jazoir, Braziliya, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Oman sultonligi, Gruziya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston kabi mamlakat o‘quvchilari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan Jizzax politexnika instituti akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi Muqaddas Ismoilova ushbu olimpiadada kumush medal sovrindori bo‘ldi (https://t.me/uzedu/22010).

Oʻquvchimizni, ustozlarini va akademik litsey jamoasini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!!!
G‘alaba muborak bo‘lsin!