...

16 Iyn

Talabalar turar joyida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Jizzax politexnika instituti talabalar turar joyida “Yoshlar oyligi” doirasida “Bilim va tafakkurimiz – shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, fakultetlar talabalaridan tuzilgan jamoa a’zolari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi. M.Xolbekova o‘z so‘zida “Zakovat” intellektual o‘yini institut fakultetlari kesimida haftaning har juma kuni o‘tkazilishini ta’kidladi. Barcha fakultetlardan ishtirok etayotgan jamoalarga intellektual o‘yinda omad yor bo‘lishini tiladi. Shundan so‘ng, “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi.

Musobaqada quyidagi 6 ta jamoa ishtirok etdi:

1. “Yetakchilar” jamoasi;

2. “Aqllilar” jamoasi;

3. “Bunyodkorlar” jamoasi;

4. “Zvezda” jamoasi;

5. “Tafakkur” jamoasi;

6. “Yosh yigitlar” jamoasi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, I o‘rinni “Yetakchilar” jamoasi, II o‘rinni  “Bunyodkorlar” jamoasi, III o‘rinni “Zvezda” jamoasi egalladi.