...

04 Sen

JizPI yangi talabalar turar joyini foydalanishga topshirdi

Jizzax shahridagi «Yoshlik» mahallasi hududida qad rostlagan 3 qavatli yotoqxona 318 o‘ringa mo‘ljallangan. Talabalar turar joyining tantanali ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Akmal Savurbayev, Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov, talabalar, ularning ota-onalari, OAV xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Marosimda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, oliy ta’lim qamrovining kengayib borayotganligi, ilm olish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilinayotganligini ta’kidlashdi. Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, yotoqxonada kutubxona, kompyuter xonasi, sport maydonchasi talabalar ixtiyorida bo‘ladi. Zamonaviy mebellar va uskunalar bilan jihozlangan talabalar turar-joyida oshxona, kir yuvish xonasi ham havas qilarli darajada. Bir so‘z bilan aytganda, yotoqxonaning yangi o‘quv yiliga tuhfa etilgani institutda talabalarni yotoqxona va ijara uylarga joylashtirish bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan ishlarning yorqin ifodasi bo‘ldi.