...

07 Sen

Xorijiy fuqarolarni talabalikka qabul qilish bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tdi

Bugun  Jizzax politexnika institutida Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan Xorijiy fuqarolarni talabalikka qabul qilish bo‘yicha suhbat tashkil etildi.

Mazkur suhbat jarayonida 9 nafar xorijlik, jumladan, Qozog‘iston, Tojikiston hamda Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan abuturiyentlar onlayn hamda oflayn tarzda ishtirok etishdi. Suhbat jarayoni institutdan tashkil qilingan maxsus komissiya a’zolari tomonidan baholandi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga o‘qish uchun barcha zarur hujjatlar va talablar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Xorijiy fuqarolarning institut ta’lim jarayoniga jalb qilinishida professor-o‘qituvchilarimizni faol harakatlari alohida ahamiyatga ega desak mubolag‘a bo‘lmaydi.