...

07 Sen

“Bahru-bayt” aytishuvlari bo‘lib o‘tdi

Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakulteti talaba-yoshlari orasida she’riyat ixlosmandlari ishtirokida “Bahru-bayt” aytishuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan iqtidorli talabalar mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalari A.Navoiy, Z.Bobur, M.Feruz, M.Ogahiy, Nodira, Uvaysiy, Cho‘lpon, Zulfiya, A.Suyun, A.Oripov, O.Matjon, M.Yusuf va boshqa shoirlarning g‘azallari, she’rlaridan namunalar o‘qidilar. “Bahru-bayt” aytishuvlari talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.