...

08 Sen

Soha mutaxassislari bilan uchrashuv

Bugun Jizzax politexnika instituti Transport fakultetiga 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun “Tanishtiruv haftaligi “doirasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida soha mutaxasislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Jizzax shahar FVB bo‘limi xodimi kapitan Ulug‘bek Ibragimov, Jizzax viloyati Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi Ilhom Qo‘shboqov, Jizzax shahar IIB JXX yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi targ‘ibot tashviqot bo‘limi inspektori serjant Oybek Hamzayev, Transport vositalar muhandisligi kafedrasi mudiri A. Ernazarov hamda fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari G.Soatovalar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida soha mutaxassislari so‘zga chiqib, talabalarga mavzu doirasida o‘z fikrlarini bildirishdi va ularga kerakli maslahatlar berishdi. Talabalar uchrashuv davomida o‘z savollarga soha mutaxassislaridan javob olishdi.