...

09 Sen

Tanishtiruv haftaligi doirasida...

“Arxitektura va qurilish” fakultetiga talabalikka qabul qilingan 1-bosqich «Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi» ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda fakultetga qarashli «Bino va inshootlar» kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida mustaqilligimizning 32 yilligiga bag‘ishlab “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda soha mutaxassislari, Jizzax viloyat qurilish nazorat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Po‘latov hamda Jizzax shahri “Injener servis” xususiy korxonasi rahbari B.Nazarovlar tashrif buyurib, talabalarga bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan qurilish sohasining sir asrorlari haqida ma’lumotlar berishdi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan batafsil javob olishdi.