...

21 Sen

Men giyohvandlikka qarshiman

Jizzax politexnika institutida xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan “Men giyohvandlikka qarshiman” mavzusida uchrashuv o’tkazildi.

Mazkur tadbirda Arnasoy tumani bosh imom-xatibi O.Yo‘ldoshev, Jizzax shahar IIB TQKB xodimi D.E.Xasanov, institut profilaktika inspektori F.Normatov, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari qatnashdi.

Ushbu tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-avgustdagi “Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish to‘g‘risida”gi 351-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash, yoshlarning yot g‘oyalarga qo‘shilib qolishining oldini olish, giyohvand moddalarning salbiy oqibatlarini tushuntirish uchun tashkil etildi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘z ochib berdi. M.Xolbekova o‘z so‘zida yoshlarimizning “Asr vabosi” hisoblangan giyohvandlik va ogʻufurushlikka qarshi turaolishi, hamda o‘zining shaxsiy fikri bo‘lishi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shundan soʻng, Arnasoy tumani bosh imom-xatibi O.Yo‘ldoshev, Jizzax shahar IIB TQKB xodimi D.E.Xasanovlar ham “Asr vabosi” boʻlgan giyohvandlik haqida fikrlarini bildirishdi.

Mehmonlar talaba-yoshlarga viktorina savollari berishdi va toʻgʻri javob berganlarga esdalik sovgʻalari topshirishdi.

Talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.