...

21 Sen

Talabalar turar joyidagi ko‘ngilochar tadbirlar

Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor doimo eng muhim masalalardan biri bo‘lib kelgan. Ayniqsa, so‘nggi yillarda yoshlar siyosatida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Yoshlar muammolarini o‘rganish va ularni tizimli hal qilish borasida samarali ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Albatta bunday imkoniyat va imtiyozlardan oqilona foydalanishimiz zarur. Shunday ekan mamlakatimiz rivoji uchun munosib hissa qo‘shishimiz va Vatan ravnaqi uchun har birimiz dahldorlik hissini chuqur anglashimiz lozim. Bugungi axborot almashinuvi davrida har birimiz turli yod g‘oyalar ta’siridan saqlangan holda axborot xavfsizligiga nihoyatda e’tiborli bo‘lishimiz kerak. Biz yoshlar albatta, jaholatga qarshi ma’rifat bilan javob berishimiz bugungi kunning muhim talablaridan biridir.

_____________________________________________

Jizzax politexnika instituti talabalar turar joyida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida talaba-yoshlar ishtirokida viktorina hamda “Talabalar shou” konsert dasturi tashkil etildi.

Mazkur tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sanobar Eshbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi. S. Eshbekova o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-sonli Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 15-martda “Jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o‘rganishda idoralararo hamkorlik samradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5-qq, 4,21,3361/2-sonli qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan qator ishlarga to‘xtaldi.

Shundan so‘ng, talaba-yoshlarning bilimini sinash maqsadida viktorina savollari berildi. Viktorina qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda tashkil etildi. Viktorina savollariga quyida ism-familiyalari keltirilgan talaba-yoshlar tomonidan to‘g‘ri javoblar berildi:

1.   Arxitektura va qurilish fakulteti 203-22 guruh talabasi Qo‘chqorov Davrbek Zulfiqor o‘g‘li;

2.   Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakulteti 721-23 guruh talabasi Masharipova Shahrizoda O‘tkir qizi;

3.   Servis fakulteti 501-23 guruh talabasi Shavkatov Muxtor Farhod o‘g‘li;

4.   Servis fakulteti 521-20 guruh talabasi Shomurodov Husniddin Rustamovich;

5.   Servis fakulteti 521-21 guruh talabasi Umaraliyev Abror Mirzayahyo o‘g‘li;

6.   Transport fakulteti 104-23 guruh talabasi Rasulova Mahliyo Pardaboy qizi;

7.   Transport faklulteti 114-22 guruh talabasi Oltiboyev Ilhom Xurshidovich;

8.   Transport fakulteti 101-23 guruh talabasi Abdiaxatov Sherbek Eshqobil o‘g‘li.

Qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tgan savol-javoblar viktorinasi “Talabalar shou” konsert dasturiga ulanib ketdi. Ko‘tarinkilik bilan boshlangan konsert yakunga qadar barcha yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi va dillarni xushnud etdi.