...

21 Sen

“Yoshlar bilan profilaktik ishlarni olib borish samaradorligini yanada oshirish”

Jizzax politexnika instituti talabalar turar joyida “Yoshlar bilan profilaktik ishlarni olib borish samaradorligini yanada oshirish” mavzusida talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Jizzax viloyati birinchi texnik qo‘riqlash bo‘lim xodimlari Elnar Yunusov, Feruz Abduvaliyev va Javoxir Jabborovlar taklif etildi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i M. Xolbekova ochib, u o‘z so‘zida talaba-yoshlarga har bir talaba kundalik hayotida o‘z huquqlaridan foydalangan holda majburiyatlarini ham bajarishlari lozim ekanligini, yoshlarning oldiga qo‘ygan vazifasi birinchi o‘rinda yaxshi bilim olib o‘z kasbining mohir egasi bo‘lishlari ekanligi, uzoq hududlardan kelgan talabalar, ya’ni, talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar ichki tartib-qoidalarga rioya qilishlari, belgilanmagan vaqtda ko‘cha-kuyda bemaqsad harakat qilmasliklari zarur ekanligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, mehmonlar so‘zga chiqib, talabalarni ogohlikka chaqirdi. Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida tobora ko‘payib borayotgan onlayn qimor o‘yinlaridan avvalo o‘zimizni, yaqinlarimiz, farzandlarimizni asrashimiz, bunday holatlar barchamizni sergaklikka chaqirishi kerakligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, barcha talabalardan ularga berilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish, nojo‘ya yo‘llarga kirib qolmasliklari, bunday yo‘llarning oqibati yaxshilikka olib kelmasligi ta’kidlandi.