...

19 Sen

“O‘zbek tili - qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanlovining birinchi...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2023-yil 26–iyuldagi 56-son bayoni hamda Vazirlar Mahkamasi majlisining 2023-yil 7–sentyabrgi 160-son bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida Jizzax politexnika institutida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi.

Korik-tanlov quyidagi shartlar boyicha tashkil etildi:

1-shart: Tanishtiruv – umumiy 100 ball;

2-shart: Esse yozish – umumiy 100 ball.

1.Tanishtiruv shartida ishtirokchilar o‘zi haqidagi maʼlumotlarni 3-5 daqiqalik videolavha shaklida taqdim etadi. Bunda ishtirokchi o‘zi haqidagi maʼlumotlarni o‘zbek adabiy tili meʼyorlariga amal qilgan holda bayon etishi lozimligi talab etiladi.

2. Esse yozish shartida ishtirokchi O‘zbekiston tarixi, madaniyati, o‘zbek xalq qadriyatlari, ijtimoiy hayotiga oid va boshqa shu kabi mavzular tavsiya etildi. Ishtirokchilar shu kabi mavzulardan bittasini tanlab, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida 200 ta so‘zdan kam bo‘lmagan hajmda esse yozishi kerakligi maʼlum qilindi.

Esseni yozish uchun 90 daqiqa vaqt ajratildi.

Tanlovning yakuniy natijalari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot beriladi.