...

18 Sen

Hisobot-saylov yig‘ilishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2022-yil 7-martdagi PF-87 sonli Farmoni 1-ilova 51-bandi ijrosini ta’minlash hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 311-sonli Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilarining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sanobar Eshbekova, ta’lim sohasida ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilgan fidoyi ustozlar, «Arxitektura va qurilish», «Energetika va radioelektronika», «Servis» hamda «Transport» fakultetlari professor-o‘qituvchilari hamda xodimalari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida yopiq ovoz berish yo‘li bilan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi lavozimiga munosib bo‘lgan nomzodlar saylandi.