...

16 Sen

16-sentyabr – «Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni»

Jizzax politexnika institutida Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni munosabati bilan seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Tirkasheva Muqaddas Baxramovna, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi va Jizzax politexnika instituti rahbariyatidan vakillar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Seminar muhokama va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Mavjud muammolarga ko‘plab yechim va takliflar berildi.