...

14 Sen

Diqqat e'lon!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2023-yil 26–iyuldagi 56-son bayoni hamda Vazirlar Mahkamasi majlisining 2023-yil 7–sentyabrgi 160-son bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida Jizzax politexnika institutida 2023-yil 18-sentyabr kuni soat 11:00 da “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Korik-tanlov quyidagi shartlar boyicha otkaziladi:

1-shart: Tanishtiruv – umumiy 100 ball;

2-shart: Esse yozish – umumiy 100 ball.

1.Tanishtiruv shartida ishtirokchi o‘zi haqidagi maʼlumotlarni 3-5 daqiqalik videolavha shaklida ko‘rik-tanlovdan kamida uch kun oldin taqdim etadi. Bunda ishtirokchi o‘zi haqidagi maʼlumotlarni o‘zbek adabiy tili meʼyorlariga amal qilgan holda bayon etishi lozim.

2. Esse yozish shartida ishtirokchi O‘zbekiston tarixi, madaniyati, o‘zbek xalq qadriyatlari, ijtimoiy hayotiga oid va boshqa shu kabi mavzular tavsiya etiladi. Ishtirokchi shu kabi mavzulardan bittasini tanlab, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida 200 ta so‘zdan kam bo‘lmagan hajmda esse yozadi. Esseni yozish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

Barcha talaba-yoshlarni tanlovda ishtirok etishga chorlab qolamiz!