...

14 Sen

Transport fakulteti talaba-yoshlari oʻrtasida “Talant shou” ko‘rik tanlovi oʻtkazildi

Bugun mazkur tanlovning fakultet bosqichi Transport fakulteti talaba-yoshlari oʻrtasida oʻtkazildi.

Tanlovni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Mavluda Xolbekova ochib berdi. M. Xolbekova o‘z so‘zida talaba-yoshlarning iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida o‘tkazilayotgan “Talant shou” ko‘rik tanlovida fakultetdagi iqtidorli talabalarni aniqlab ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, ularni bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanishga o‘rgatish zarurligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ko‘rik tanlov quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tdi:

Sherxonlik;

Qo‘shiqchilik;

Cholg‘u asboblarini chalish.

Tanlovda quyidagi ism-familiyalari keltirilgan talaba-yoshlar ishtirok etdi:

Sherxonlik yo‘nalishida:

1.Xudoyqulov Xasan – 101-23 guruh talabasi;

2. Xushvaqtov Temur – 110-21 guruh talabasi;

3.Boyqulov Ozodbek – 112-23 guruh talabasi.

Qo‘shiqchilik yo‘nalishida:

1.Raupov Shermuhammad – 102-23 guruh talabasi;

2.Tangatov Diyorbek – 110-22 guruh talabasi;

3.Zapirov Jonibek – 101-23 guruh talabasi;

4.Do‘simov Sardor – 113-23 guruh talabasi;

5.Zapirov Jonibek – 101-23 guruh talabasi.

Cholg‘u asboblari yo‘nalishida:

1.Tinchlikov Sanjar – 101-23 guruh talabasi;

Tanlov yakunida quyidagi eng iste’dodli ishtirokchilar tanlab olindi:

1.Do‘stmatov Sardor;

2. Zapirov Jonibek;

3.Tinchlikov Sanjar.

Ushbu talabalar tanlovning institut bosqichida ishtirok etishiga tavsiya etildi.