...

14 Sen

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari

Bugun 14-sentyabr kuni Jizzax viloyati hokimligi faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va viloyat hokimligi tashabbusi bilan qo‘shma o‘quv seminar tashkil etildi.

Mazkur o‘quv seminari O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.

Tadbirda viloyat faollari, tashkilot rahbarlari, olimlar va targ‘ibotchilar ishtirok etdi.

Seminarda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ijrosini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan vazirlik va idoralarda amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi ustuvor vazifalar borasida to‘xtalib o‘tildi.

O‘quv seminari jarayonida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka targ‘ib qilishda qo‘llaniladigan metod va uslublar borasida olimlar tushuntirish berib o‘tdilar.

Mazkur o‘quv seminarida Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdi.