...

14 Sen

Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi

Yurtimizda yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Har qanday yangi biznes asosida ko‘plab g‘oya va yo‘nalishlar yotadi. Muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan muloqot esa yoshlarning bo‘lg‘usi faoliyatlarida mustahkam tirgak bo‘ladi.

Bugun Jizzax politexnika institutida Jizzax shahri «Jizzax Eco Textile» mas’uliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori Irkin Kabulovning talabalar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Jizzax shahri «Jizzax Eco Textile» mas’uliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori Irkin Kabulov, Jizzax politexnika institutining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G‘ayrat Egamnazarov, Sanoat texnologiyalari fakulteti dekani Ilhom Abbazov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G‘ayrat Egamnazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. G‘. Egamnazarov o‘z so‘zida yurtimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan keng ko’lamdagi imkoniyat va shart-sharoitlar haqida to‘xtaldi.

Navbatda so‘zga chiqqan I. Kabulov muvaffaqiyatlar kaliti eng avvalo bilim ekanligini, bu yo‘lda talabalikning har bir lahzasidan unumli foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, berilayotgan imkoniyatlar haqida o‘z fikrlarini bayon qildi.

Tadbirkorlik faoliyatidan amaliy misol, zarur tavsiya, talabalarni qiziqtirgan savollarga berilgan aniq javoblar tadbirni ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta’minladi. Talabalar tomonidan kichik biznesni yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish bo‘yicha berilgan savollarga javoblar berildi.

Ochiq muloqotdan so‘ng I. Kabulov o‘quv jarayoni hamda talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Aytish joizki, bugungi uchrashuv yoshlarga o‘zgacha motivatsiya bag‘ishladi.