...

13 Sen

16-sentyabr - Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sh. To‘xtaboyev boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari bugun Jizzax politexnika institutida bo‘lishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-171-sonli qarori 9-ilovasining 25-bandiga asosan yoshlaning ekologik madaniyatini oshirish, ekologik bilim va savodxonligini yanada yuksaltirish maqsadida Sanoat texnologiyalari fakultetida 16-sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni munosabati bilan mas’ul vazirlik va oliy ta’lim muassasalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur tadbirni Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Jamshid Abdunazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida institutda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” kafedrasi va faol professor-o‘qituvchilar va yoshlar tomonidan olib borilayotgan ishlar, erishilayotgan yutuqlar, xalqaro grant loyihalardagi ishtiroki haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda davomida tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik muammolar va boshqa dolzarb mavzularga e’tibor qaratildi.

Xususan, Bosh prokuror o‘rinbosari Sh. To‘xtaboyev o‘z ma’ruzasida suvni ortiqcha isrof qilmaslik borasida alohida to‘xtaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi chuchuk suvlarning 70-90 foizi rivojlanayotgan davlatlarda ekin maydonlarini sug‘orish uchun sarflanadi. Har bir kishi bir kunda 50 litr atrofida suv iste’mol qiladi. Muammolarga to‘xtalsak, dunyo bo‘yicha hosil bo‘layotgan oqova suvlarning 70-80 foizdan ortiq qismi qayta ishlanmaydi(tozalanmaydi).

Dunyoda 1,9 mlrd.ga yaqin aholi ifloslangan suvni iste’mol qilishi natijasida gepotit, vabo, ichburug‘, tif va poliomiyelit kabi kasalliklar bilan xastalanadi.

Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti va UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda 1 000 000 ga yaqin inson ifloslangan suv iste’molidan kelib chiqqan kasalliklar sababli vafot etgan.

O‘zbekistonda hududida yerosti suvlari zaxiralari, asosan, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida bor. Buxoro va Navoiy viloyatlarida o‘rtacha suv zaxiralari bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda chuchuk suvlar deyarli mavjud emas.

Yerosti chuchuk suvlari respublika bo‘ylab teng tarqalmagani eng katta muammolardan biridir.

Tahlillarga ko‘ra, 2025-yilga borib yer yuzidagi davlatlarning yarmidan ko‘pida suv taqchilligi yuzaga keladi. 2050-yilga borib esa dunyo mamlakatlarining to‘rtdan uch qismida suv taqchilligi kuzatilishi tahmin qilinmoqda.

Jizzax viloyat Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i E. Xolmatov viloyatda ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Navbatda b.f.f.d, dotsent M.Xolqo‘ziyeva «Yoshlarning ekologik bilim va savodxonligi hamda ekologik intelektni oshirish” mavzusi bo‘yicha institutda amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar haqida to‘xtaldi.

Ekologik bilimlarni targ‘ib qilish, talabalarda ekologik madaniyatni rivojlantirish, jamiyatning ekologik xavfsizligi haqida ma’lumot berish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbirda faollar tomonidan ekologiya mavzusida qiziqarli hamda foydali ma’lumotlar berildi. Tadbir qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda tashkil etildi.