...

12 Sen

"BAB Brainiacs" jamoasi Urban.Tech hakatoni g‘olibi bo‘ldi

⚡️ Jizzax politexnika instituti talabalaridan iborat «BAB Brainiacs» jamoasi Urban.Tech hakatoni g‘olibi bo‘ldi!

👨‍💻Innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki tomonidan tashkil etilgan «Urban.Tech Uzbekistan» hakatoni 72 soat davom etgan bo‘lib unda 75 ta jamoa, jami 500 nafar yoshlar ishtirok etdi.

🏆Startap loyihalar natijalariga ko‘ra Jizzax politexnika instituti talabalaridan iborat «BAB Brainiacs» jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, esdalik sovg‘alar hamda asosiy mukofot hisoblangan 50 000 000 so‘m miqdorda pul mukofotini qo‘lga kiritishdi.

🚀»Urban.Tech UZBEKISTAN» hakatonining g‘oliblari:

🏆 AI in Education yo‘nalishida:
🔸 BAB Brainiacs jamoasi.

🏆 AI in Healthcare yo‘nalishida:
🔸 Ctrl+C, Ctrl+V jamoasi.

🏆 AI in Industry yo‘nalishida:
🔸 AvacadOS jamoasi.

🏆 AI in Social Life yo‘nalishida:
🔸 MSU NEO jamoasi.