...

11 Sen

JizPIda Rauf Parfi tavalludining 80 yilligi nishonlandi

Jizzax politexnika institutida o‘zbek adabiyotining eng yorqin vakillaridan biri shoir Rauf Parfi tavalludining 80 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Maʼlumot uchun, Rauf Parfi (Tursunali Parfiyev) 1943-yil 27-sentyabrda Toshkent viloyatining Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. Shoirning «Karvon yo‘li» (1968). «Aks-sado» (1970), «Tasvir» (1973), «Xotirot» (1974), «Ko‘zlar» (1976), «Qaytish» (1981), «Sabr daraxti» (1986), «Sukunat» (1991), «Tavba» (2001), «So‘nggi vido» (2006) kabi she’riy to‘plami nashr etilgan. 2005-yilda Toshkent shahrida vafot etgan.

Mazkur tadbirda talaba-yoshlar qo‘shiqlar kuyladilar, she’rlar aydilar va raqsga tushdilar.

Tadbir qatnashchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi desak mubolag‘a bo’lmaydi.