...

10 Sen

Navbatdagi ma’ruza mashg‘uloti "Energetika" kafedrasi tomonidan tashkil etildi

Yakunlanayotgan hafta davomida “Energetika va radioelektronika” fakultetiga talabalikka qabul qilingan birinchi kurs talabalari uchun ham “Mustaqillik darslari”da ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarining mas’ul rahbarlari, yirik tadbirkorlar, mehnat faxriylari ishtirokida ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Navbatdagi ma’ruza mashg‘uloti fakultetga qarashli «Energetika» kafedrasi tomonidan tashkil etildi va unda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Jizzax hududiy filiali bosh dispetcheri Ilxom Saidmurodov, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Jizzax hududiy filiali podstansiya xizmati bo‘limi boshlig‘i Po‘lat Unarov hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.