...

22 Sen

“Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi

Keksalar tajribasi yoshlar uchun hayot maktabi. Ayniqsa, ularning qimmatli pand-nasihatlari, hayot saboqlari yoshlarning shijoati bilan birlashsa, jamiyatni rivojlantiruvchi kuchga aylanadi. Qolaversa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazishda keksa avlod va faxriy harbiylarning alohida o‘rni bor. Darhaqiqat, mamlakatimizda barcha sohalarda islohotlar jadal suratlarda davom etyapti. Bu yangilanish va o‘zgarishlar avvalo fuqarolarning manfaatlari, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashlari uchun xizmat qilyapti. Bunday o‘zgarishlarga shukrona keltirib yashash, imkoniyatlardan oqilona foydalanishda esa uch avlod uchrashuvlari katta rol o‘ynamoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-avgustdagi “Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 351-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek, yoshi ulug‘ insonlarning pand-nasihatlarini talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida institutda “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri bugun Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetida tashkil etildi.

Uchrashuvda Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakulteti dekani M.Mirzabekov, Qurilish materiallari va konstruksiyalari kafedrasi mudiri O.Berdiyev, “Umumtexnika fanlari” kafedrasi dotsenti N.Mirzaqobilov, Jizzax viloyati “Akkumulyator zavodi” AJ Sifat boshqaruv tizimi bo‘limi boshlig‘i N.Shirinbekov, Jizzax viloyati hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari H.Hasanov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, bo‘lim xodimlari, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda institutning iqtidorli talabalari o‘zlarining she’r va qo‘shiqlari bilan barchaning ko‘nglini xushnud etishdi. Uchrashuv barcha talabalarda katta taassurot qoldirdi.