...

27 Sen

#seminar-trening

Jizzax politexnika institutida Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi tomonidan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Davlat xizmatlari agentligi yetakchi inspektori Z. Beknazarov, institutning Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i I. Meliyev, Arxitektura va qurilish fakulteti dekani A. Berdiqulov, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i I.Meliyev ochib berdi. U o‘z so‘zida hozirgi kunda davlatimiz tomonidan davlat xizmatlarini rivojlantirish sohasiga berilayotgan e’tibor, bu sohada olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi tomonidan har bir bitiruvchini ishga joylashtirish va ish bilan ta’minlanmagan bitiruvchilarni aniqlash, ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad bitiruvchilarning bandligini ta’minlash ekanligini alohida ta’kidladi.

Tadbir davomida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi haqida yig‘ilganlarga tushunchalar berildi.