...

27 Sen

“Agar ogohsan, sen...” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi

Jizzax politexnika institutida “Talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan 2023-2024-yillar uchun harakatlar rejasi”ning 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Agar ogohsan, sen…” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda barcha fakultetlardan bilimli, o‘zining mustaqil fikriga ega talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tanlovni dastlab Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova ochib berdi. Talabalarga bugungi kunda xalqaro doirada bo‘layotgan turli xil voqea-hodisalar, xavf-xatarlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi. Buning uchun esa chuqur bilimga ega bo‘lish zarurligini ta’kidladi. Navbatda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri X.Xamdamova tanlov Nizomi hamda insho yozish qoidalari bilan tanlov ishtirokchilarini tanishtirib o‘tdi. Shundan so‘ng tanlovga start berildi va ishtirokchilar o‘zlarining fikrlarini qog‘ozga ko‘chira boshlashdi.