...

27 Sen

Teatr ijodkorlari yoshlar davrasida

“Transport” fakultetida “Teatr ijodkorlari yoshlar davrasida” mavzusida sevimli va mahoratli aktyorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor va shoir Abdurayim Lapasov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kinorejissor, teatr va kino aktyori Jura Isroilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Madaniyat va san’at ko‘krak nishoni sohibi Jamila Dehqonova, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Xolbekova, fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari  G.Soatova, B. Mustafoyev, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Bugungi tadbirda ishtirok etgan mehmonlarning hayoti teatr bilan chambarchas bog‘langan. Umr yo‘llarining har bir sahifasi teatr sahnalarida o‘tgan. Ular uchun hech bir sanʼat turi teatr o‘rnini bosa olmaydi. Chunki odamiylikning go‘zal fazilatlarini targ‘ib qilishda sahna asarlarining taʼsiri benihoya kuchli. Teatr sanʼati hayotni, voqea-hodisalarni, turli kurashlar va ziddiyatlarni, ichki kechinmalarni dramatik xatti-harakatlarda, aktyor ijrosi orqali aks ettiradi.

Bu kabi uchrashuvlar har bir kishi ruhiyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatib, hayotdan mamnun, zavq olib yashashga undaydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.