...

20 Okt

Anglashuv memorandumlari imzoladi

#Innoweek

“InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “O‘zbekiston va Qozog‘istonning oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorligi” forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur forumda O‘zbekiston hamda Qozog‘istonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari ishtirok etdi. Jizzax politexnika instituti ushbu forum doirasida Serikbayev nomidagi Sharq texnika universiteti hamda Dulati nomidagi Taraz regional universiteti bilan anglashuv memorandumlari imzoladi. Shuningdek, ushbu uchrashuvlarda kelajakda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar berildi.