...

28 Okt

Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash

➡️ TerDUda 150 ta OTMdan Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raislari jam bo‘ldi

💠 Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Termiz davlat universitetida tashkil etilgan seminar “Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash” mavzusiga bag‘ishlandi.

➡️ Mazkur seminarda Jizzax politexnika institutidan xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Rashidova va B.Tursunovalar ishtirok etdilar.

☯️ Ushbu seminarda talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, milliy liboslarning ahamiyati, xotin-qizlar uchun psixologik va huquqiy maslahatlar berishga doir ishlarni jadallashatirish, “Qizlarjon” klubi faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilinib, fikr-mulohazalar yuritildi.

💐 Seminarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimida uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriylar qatorida B.Tursunova tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.