...

27 Okt

Talabalar turar joyida Osh chempionati” o‘tkazildi

“Energetika va radioelektronika” fakulteti tomonidan institutning 2-sonli talabalar turar joyida “O‘zbegim oshlariga marhamat” mavzusida talaba-yoshlar o‘rtasida “Osh chempionati” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Ko‘rik-tanlov shartlari quyidagi uch bosqichda bo‘lib o‘tdi:

1-shart: Taom uchun tanlangan mahsulotlarning tayyorlanishi va sifati;

2-shart: Taomni tayyorlash jarayoning ketma-ketligi;

3-shart: Taomni iste’molga tayyorlash va uning bezatilishi.

Ko‘rik-tanlovda fakultet talaba-yoshlaridan tashkil topgan quyidagi jamoalar ishtirok etdi:

1. “Zukko oshpazlar” jamoasi;

2. “Pahlavonlar” jamoasi;

3. “Energetika” jamoasi;

4. “Kuchlilar” jamoasi;

5. “Mohir oshpazlar” jamoasi;

6. “Ulfatlar” jamoasi;

7. “Yangi oshpazlar” jamoasi;

8. “Pazanda qizlar” jamoasi.

Ko‘rik-tanlovning yakuniy natijasi quyidagicha:

I o‘rin “Bojalar” jamoasi;

II o‘rin “Kuchlilar” jamoasi;

III o‘rin “Pazanda qizlar” jamoasi.

Ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan jamoa a’zolariga fakultet dekani tomonidan esdalik sovg‘alari va I, II va III o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa a’olariga esa I, II va III darajali diplomlar topshirildi.

Tadbir davomida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.