Magistratura bo‘limi boshlig‘i
Ibragimov Jaxongir Kuchimovich
Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 9:00 – 12:00
Telefon:(90) 265 06 82
E-mail: ibragimovjaxongir87@gmail.com
Jizzax politexnika instituti magistratura bo‘limi haqida:
Jizzax politexnika instituti magistratura bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan kuchga kirgan “Magistratura to‘g‘risidagi nizom”ga asosan faoliyat olib bormoqda. Institut magistratura bo‘limining 1-kursida 20 ta mutaxassislik bo‘yicha 76 nafar magistrant, 2-kursida 13 ta mutaxassislik bo‘yicha 21 nafar magistrant, jami 97 nafar magistrant tahsil olmoqda.
Mutaxassislik fanlaridan darslarni o‘tishga va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish uchun institutimizning yetakchi professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tarmoq institutlari, yetakchi oliy ta’lim muassasalari va xorijdan tajribali professor-o‘qituvchilar hamda olimlar jalb etilgan. Magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, konferensiyalarga faol ishtirokini ta’minlash, kuzatishlari va ilmiy tadqiqotlari natijalar asosida ilmiy maqolalar chop etish masalalariga ham alohida e’tibor berilmoqda. Bir qator iqtidorli talabalarimiz magistraturada o‘qishi davomida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan jiddiy va muvaffaqiyatli shug‘ullanishib, nufuzli davlat stipendiyalari, tanlovlar va mukofotlar sovrindorlari bo‘ldilar.
Magistratura bo’limining vazifalari:
Magistratura mutaxassisliklari mavjud 14 ta kafedra va 6 fakultet dekanatlari bilan birgalikda faoliyatini muvofiqlashtirish;
O’zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo’limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
Magistratura mutaxassisliklari uchun zaruriy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, kadrlar buyurtmachilari talab va takliflari asosida ularni muntazam takomillashtirib borish;
institut bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo’nalish bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish;
institut barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga ko’maklashish;
magistrantlarga taqdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilish;
magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan o‘qituvchilarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlarini nazorat qilish, ularni ijtimoiy-kasbiy va shaxsiy faolligini oshirish;
magistraturada mavjud holatni tizimli ravishda tahlil qilish, muammoli holatlarni aniqlash, magistraturani rivojlantirish tendensiyalari bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash;
magistrlarni kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
magistrantlarning ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash bo‘yicha faoliyatini “Magistratura to‘g‘risida” Nizomga muvofiq magistrantlarning kalendar ish rejasiga binoan amalga oshirilishini nazorat qilish;
magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlash
YaDA sinovlari va magistrlik dissertasiyasi himoyalarining samarali tashkil etishini ta`minlash.