Kafedra

Energetika va elektr texnologiyasi kafedrasi mudiri

Xonto'rayev Ikrom Munavvarovich

Время приема: haftaning Dushanba va Juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Telefon: +998883285775

E-mail: khonturaev75@gmail.com


  О кафедре электротехники
Mazkur kafedra 1979-yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax filialida faoliyat ko‘rsatgan «Umumta’lim fanlari» kafedrasi tarkibidan ajralib chiqqan. Kafedra dastlab, «Fizika» kafedrasi nomi bilan, so‘ng 1992-yilda Elektroenergetika mutaxassisligi ochilishi munosabati bilan «Fizika va elektroenergetika» deb nomlangan. 2002-yilda uning tarkibidan «Elektroenergetika» kafedrasi ajralib chiqdi. 2005-yilda esa «Fizika va elektroenergetika» kafedralari birlashtirilib «Elektroenergetika va fizika» kafedrasi, 2012-yilda «Elektroenergetika» kafedrasi, 2020-yilda «Energetika» kafedrasi va 2024-yildan boshlab «Energetika va elektr texnologiyasi» kafedrasi deb nomlanib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedra tarkibida 34 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Jumladan, 1 ta professor, 5 ta fan nomzodi-dotsentlar, 9 ta katta o‘qituvchi, 19 ta assistentlar elektr energetikasi va energetika mutaxassisligiga oid 53 ta fan bo‘yicha Davlat ta’lim standartlariga mos holda talabalarga bilim berib kelmoqdalar. Shu kunlarda esa assistentlar O. Olimov, M. Hasanov, A. Suyarov, A. Boliyev, A. Qurbonovlar mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelishmoqda. 70710901 – Energiya tejamkorligi va energoaudit (Issiqlik energetikasi) bakalavriat ta'lim yo'nalishi - fan, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasidagi yo'nalish bo'lib, elektr mashinalari, transformatorlar va elektr apparatlarining ish jarayonlari nazariyasini o'zlashtirish va tadqiqot qilish, ularni ishlab chiqarish, loyihalash, ularga texnik xizmat ko'rsatish va ularni diagnostika qilish, sinash va ekspluatatsiya qilish hamda ularga ishlatiladigan materiallardan samarali foydalanishga yo'naltirilgan usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

Elektr texnologiyasi kafedrasi
Elektr texnologiyasi kafedrasi
Elektr texnologiyasi kafedrasi