Kafedra

Заведующий кафедрой физики

PhD Axmedov Erkin Raxmonovich

Время приема: haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Telefon:+99893-613-85-55

E-mail: erkinaxmedov8555@gmail.com


  История кафедры ФИЗИКИ
“Fizika” kafedrasi Toshkent politexnika institutining Jizzax filialidagi “Umummuxandislik fanlari” kafedrasi tarkidan 1979-yilda ajralib chiqqan. Kafedra turli yillarda “Fizika va elektroenergetika”, “Elektroenergetika”, “Radioelektronika” nomlari bilan atalgan. 2019-yil dekabr oyida “Fizika” kafedrasi “Radioelektronika” kafedrasi tarkibidan ajralib chiqdi. Kafedraga fizika matematika fanlar nomzodi professor Mustafaqulov Asror Axmedovich rahbarlik qilib kelgan. 2024-yil sentyabr oyidan pedagogika fanlari nomzodi (PhD) Axmedov Erkin Raxmonovich Fizika kafedrasiga kafedra mudiri etib tayinlandi. Kafedrada 9,75 shtat birligida 19 nafar professor-o‘qituvchilar bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 4 nafari fan nomzodlari, professor va dotsentlar, 6 nafari katta o‘qiituvchi, 10 nafari assistentlar. Asosiy shtatda 12 nafar o‘rindoshlik asosida 7 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Kafedrada 3 ta yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi. 1. Kristallar xamda polimer materiallarning fizikaviy-kimyoviy va strukturaviy xususiyatlarini spektroskopik usullarda tadqiq etish. Bu yo‘nalishda professor A.Mustafakulov, dotsent S.Eshbekovalar xamda ilmiy izlanuvchilar U.Axmadjonova, J.Ibragimov, B.Mamatkulov, Z.Qulboyev, K.Yaxshilikovlar shug’ullanishmoqda. 2. Fizika fanini o‘qtishning zamonaviy usullaridan foydalanish muammolari. Bu borada kafedra mudiri E.Axmedov, dotsent S.Ruziboyev, O.Xalilov, N.Jurayeva, Sh.O‘rinov, S.Norqulov, A.Abduraxmonov, A.Shermuhammedovlar shug’ullanishmoqda. 3. Qishloq xoʻjaligi isteʼmolchilarini sugʻorish suvi bilan taʼminlashni monitoring qilish va optimal boshqarish (aqlli tizimni ishlab chiqish) vazifalarida “IoT” texnologiyalarini integratsiyalash hamda Yarim shaffof quyosh panellarini quvvatini oshirish bo‘yicha professor-o‘qituvchilardan M. Eshqulov va Sh. Qo‘shoqovlar shug’ullanib kelishmoqda. Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi sifatida mazkur o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar tomonidan 25 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy maqolalar Oliy attestatsiya komissiyasi tasarrufidagi ilmiy jurnallarda hamda dunyo tan olgan xorijiy Scopus va Web of Science manbalarda kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan 10 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Kafedra a’zolari tomonidan turli yillarda 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlari asosida chop etilgan. Jumladan 2019-yilda 2 ta o‘quv qo‘llanma Toshkent innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa ijodiy uyida chop etilgan. 2020-yildan 2024-yilgacha kafedra tomonidan 10 ortiq Fizika va Yadro va neytron fizikasiga oid darsliklar chop etilgan. Kafedrada 5 ta fan o‘qitiladi. Bu fanlar bo‘yicha dunyoning top 300-talikda turuvchi Oliy ta’lim muassalarining sillabus va o‘quv dasturlari mavjud bo‘lib ular asosida o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlab qo‘yilgan. O‘zbekiston respublikasi prezidenting PQ-2909 qarori asosida fizika2019-yilda qiymati 120 ming yevro bo‘lgan Germaniyaning yetakchi kompaniyalarida tayyorlangan 31 nomdagi laboratoriya ishlari komplekti olib kelindi va ishga tushirildi. 2023-yilda Islom taraqqiyot banki tomonidan Mexanika bo‘limiga oid jami qiymati 48 100.62 dollarga yaqin 14 nomdagi laboratoriya ishlari olib kelindi va ishga tushurildi. Barcha o‘quv-laboratoriya ishlari uchun o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlangan. Kafedraga qarashli 3 ta o‘quv-laboratoriya xonalarida laboratoriya ishlarini bajarish uchun barcha sharoitlar yaratilgan, xar bir laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar devoriy stendlarda bayon etilgan. Kafedraga qarashli ma’ruzalar zali interaktiv telequrilma bilan jixozlangan bo‘lib, barcha mashg‘ulotlar ko‘rgazmali tarzda videomateriallar, slaydlar, videofilmlar yordamida zamon talablari darajasida olib boriladi.
  2022-2026 YILLARDA ERISHILADIGAN ILMIY YUTUQLAR
Kafedra ilmiy salohiyatini 50 foizga yetkazish bo‘yicha samarali yo‘llarni aniqlash, ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar ishlab chiqish. Kafedraning yosh, umidli professor-o‘qituvchilaridan M. Eshqulov va Sh. Qo‘shoqovlar Xitoy Xalq Respublikasi Szyansu provinsiyasi Usi shahridagi quyosh panellari ishlab chiqaruvchi “Wuhan Ooitech Trading Co., Ltd” kompaniyasida ilmiy o‘rganishlar, texnik izlanishlar va stajirovkada bo‘lib qaytdi. Kafedra assistenti Eshqulov Muhriddin Urozboy oʻgʻli dunyodagi nufuzli TOP-300 (https://www.topuniversities.com/universities/indian-institute-technology-kanpur-iitk) talikka kiruvchi Kanpur Hindiston texnologiyalari institutida (Indian institute of technology, Kanpur) qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tab qaytdi. 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 695 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi. Bunday iqtidorli talaba-yoshlar orasida fakultetning 411-21 EEE guruh talabasi Abdug‘apporov Nurbek Baxodir o‘g‘li Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibiga aylandi. Quvonarlisi shundaki ushbu talabaga kafedra mudiri E. Axmedov raxbarlik qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158-son farmoni asosida kafedraga biriktirilgan politexnikumi pedagoglarining sifat tarkibini yaxshilash, ta’lim sifatini hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir ishlarni muntazam amalga oshirish uchun metodik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, kafedrada davlat ilmiy grantlari, ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tegisli yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, doktorlik dissertatsiyalarining himoyasiga tayyorlash, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, shuningdek, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari bo‘yicha zarur hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishga amaliy ko‘mak berish kafedra faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridandir. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalarning amaliyotga joriy etilishini ta'minlash, kafedra doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish, iqtidorli talabalar va yosh olimlarning respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy tanlovlar hamda anjumanlardagi ishtirokini rag‘batlantirish maqsad qilib qo‘yilgan Kafedrada o‘qitiladigan fanlar doirasida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarining samarali joriy etilishi ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘quv yili davomida talabalarni chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirish maqsadida yangi avlod pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratildi. Barcha fanlar bo‘yicha ko‘rgazmali vositalar, elektron slaydlar ishlab chiqilib, institutning Axborot-resurs markazi (ARM) va HEMIS tizimiga joylashtirilgan. Kafedra tomonidan yaratilgan zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tayyorlangan o‘quv-metodik materiallar, xususan o‘quv qo‘llanmalar, metodik ko‘rsatmalar va elektron slaydlar muntazam ravishda Ziyonet elektron platformasiga joylashtirilib kelinmoqda. Kimyo ta’lim yo‘nalishi talabalari esa zamonaviy kimyoviy laboratoriya hamda tegishli laboratoriya jihozlari bilan to‘liq ta’minlangan.

Elektr texnologiyasi kafedrasi
Elektr texnologiyasi kafedrasi
Elektr texnologiyasi kafedrasi