Texnik foydalanish va xo‘jalik bo’limi boshlig’i
Bozorov Gafur Isroyilovich
Qabul vaqti: haftaning seshanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.
Telefon: (91) 596-03-17
Institutning buxgalteriyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi institut Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektoriga buysungan holda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga, institut Ustavi hamda institut rektorining buyruqlari, ko‘rsatmalari va yo‘riqnomalariga muvofiq faoliyat yuritadi.
Buxgalteriya quyidagilarni ta’minlaydi:
1.Institut xo‘jalik ta’nimoti ishlarini boshqaradi;
2.Institut bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha manfaatli hamkrolik shartnomalarini tuzadi va ularni amalga oshirib boradi;
3. Xo‘jalik mol-mulkining saqlanishi, tiklanishi va to‘ldirilib turilishini ta’minlash, xonalar va institut hududida tozalikni nazorat qiladi;
4.Xonalar ahvolini tekshirib turishi, kerak bo‘lgan hollarda ta’mirlash uchun chora-tadbirlarni ko‘radi;
5. Kafedra, bo‘lim va bo‘linmalarni kanselyariya jihozlari va xo‘jalik anjomlari bilan ta’minlaydi;
6.Qayd etish va hisobot tuzish ishlarini tashkil qiladi;
7.Mol-mulkni taftish qilishda ishtirok etadi;
8.Institut rektori buyrug‘i asosida materiallar, kanselyariya jihozlarini olish talabnomalariga, ish bajarish shartnomalariga, ishni tugatish haqidagi rasmiy hujjatga, ish haqi ma’lumotnomalariga, ishonchnomalarga, institut doirasida harakat qiluvchi buxgalteriya ish yuritish hujjatlariga imzo chekadi;
9.Tovar moddiy boyliklarini qabul qilib olish, saqlash va joy-joyiga berish, ularni xonalar va maydonchalarda oqilona joylashtirish, saqlash rejimiga rioya etish borasidagi ishlarni amalga oshiradi;
10.Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasiga amal qiladi.