Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo’limi boshlig'i
Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori, (PhD)Mustafaqulov Asatulla Asrorovich
Qabul vaqti: Har kuni (9:00-18:00)
Telefon: +99891 591-22-25
Bo‘lim boshlig‘ining vazifalari:
Iqtidorli talabalarning chuqur bilim olishlari va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga ilmiy muhit va sharoit yaratish;
Kafedralarning malakali professor-o‘qituvchilarini iqtidorli talabalar bilan individuval ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boorish uchun “Maqsadli tayyorlash dasturi”ni ishlab chiqish;
Iqtidorli talabalar va magistorlarni ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlariga, ilmiy loyihalarga keng jalb etishni;
Iqtidorli talabalar va magistorlarni turli nomdor Davlat stipendiyalari: Beruniy, Navoiy, Islom Karimov hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etishlarini ta’minlash;
Kafedralarda olib borilayotgan dolzarb, ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlarga talabalarni faol qatnashishlarini ta’minlash;
“Yilning eng yaxshi tadqiqotchisi” iqtidorli talabalar va magistrantlar o‘rtasida tanlov tashkil etish va uni samarali faoliyat yuritishi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
“Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish;
Talabalar ilmiy anjumanlari, seminarlari, ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovlarini, davra suhbatlarini, fan olimpiadalarini va boshqa tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish va boshqalar.