II-bo'lim boshlig'i
Bobobekov Sunnatillo Arifovich
Qabul vaqti: Shanba 10:00 – 12:00
Telefon: 91 176-50-07
Umumiy qoidalar
Jizzax politexnika instituti tashkiliy tarkibida II-bo‘lim alohida bo‘lim sifatida faoliyat ko‘rsatadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri institut rektoriga bo‘ysinadi.
Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunga, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 119-sonli qaroriga, institut Ustaviga va institut rektori buyruqlari, ko‘rsatmalari, yo‘riqnomalari va mazkur Nizomga amal qiladi.
II-bo‘limning asosiy vazifalari
Bo‘lim institutda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, ishchi hodimlar hamda kunduzgi bo‘lim talabalarini, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga olishni tashkil qiladi va yuritadi.
Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq institut rektori, prorektorlar, fakultetlar dekanlari, ularning o‘rinbosarlari, muhandis texnik hodimlar, malakali ishchilarni safarbarlik va urush davri uchun bronlash (urush vaqtida o‘z ish joyida qoldirilishini oldindan tayinlash) ishlarini o‘z muddatida rasmiylashtiradi.
Bo‘lim Jizzax viloyati Jizzax shahar mudofaa ishlari bo‘limi bilan hamkorlikda ish olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi “Umumharbiy majburiyatlar va harbiy xizmat to‘g‘risida” gi Qonunning 21-moddasiga asosan, kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan talabalarga ma’lumotlarni (26-forma) qonun hujjatida belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
Institut talabalari safidan chiqarilgan bitiruvchilar, boshqa oliygohga o‘qishini ko‘chirgan, akademik ta’til olgan hamda o‘qishdan chetlashtirilgan talabalarni institut ro‘yxatidan chiqarib, belgilangan tartibda tahlilini olib boradi.
Bo‘lim o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish yuzasidan quyidagi huquqlarga ega
Bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun institut fakultet va bo‘limlaridan belgilangan tartibda, zarur bo‘lgan ma’lumotlarni talab qilib oladi;
Institut professor-o‘qituvchilari, ishchi-hodimlari va talabalarini bo‘limga chaqirtirishi hamda harbiy xizmatga doir tegishli bo‘lgan vazifalar beradi;
Institutning bo‘limga aloqador bo‘lgan buyruqlariga o‘z takliflarini beradi;
Turli tashkilotlardan, jumladan shahar va tuman mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlardan kelgan so‘rovnomalarini ko‘rib chiqib, o‘rnatilgan tartibda bo‘lim tomonidan javob yo‘llaydi.