Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi

Bo'limlar

Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

Qarshiboyev Sharof Egamnazarovich

Telefon: 0 (372) 226-44-70, (94) 199-65-85

E-mail: sharofjizpi@mail.ru



Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi

Tovboyev Baxrom Xabibullayevich

Telefon: (88) 484-01-74

E-mail: tovboyevbaxrom5@gmail.com



Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi

Xoshimova Shoira Safarovna

Telefon: (97)328-57-70

E-mail: shoira.xoshimova@mail.ru


  Jizzax politexnika instituti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 10 fevraldagi 2-son bayoni 6.3-bandi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 27-martdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 72-son buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan.
   UMUMIY QOIDALAR
1. Bo‘limning asosiy maqsadi OTM talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, OTMni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.
2. Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, OTM rektorining buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek Bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.
3. Bo‘lim to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazirlikning ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta’lim sifatini ta’minlash departamentiga hisobdar hisoblanadi. II. BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
4. Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish; OTMda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish; talabalar bilimini baholash jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish; talabalar bilimini baholash jarayonlari va natijalarining xolisligi va shaffofligni o‘rganish; talabalar bilimini tanlanma asosida aniqlash uchun qo‘shimcha ravishda nazorat ishlarini o‘tkazish (mazkur nazorat natijasi talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichida aks etmaydi), natijalarni tahlil qilish, ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatgan omillarni aniqlash jarayonlarini tashkillashtirish; OTM dekanatlari tomonidan shakllantiriladigan dars jadvallarini optimallashtirishda ishtirok etish; Har bir fan bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini tahlil qilish va OTM rektoriga ma’lumotlar berib borish; ta’labalar davomati va professor-o‘qituvchilarning darsga munosabatini monitoringini olib borish; baholash natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash va ularning natijalari yuzasidan OTM kengashida hamda rektor yig‘ilishida hisobotlar berib borish; bitiruvchilarning bilim darajasini o‘rganish maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari hujjatlari bilan tanishish; tashkiliy-huquqiy va metodik ko‘rsatmalar asosida ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilishni tashkil etish; OTMni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni OTM rektoriga taqdim etish; ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish, aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan OTM rektoriga takliflar berish; ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish; OTMning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha OTM rahbariyatiga takliflar kiritish; OTM professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni OTM rektoriga ma’lum qilish; ta’lim jarayoni OTM talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish,tahlil qilish; ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash; kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish; OTMni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni OTM rektoriga taqdim etish; attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda OTMda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish; ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish; ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish; OTMning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha OTM rahbariyatiga takliflar kiritish; OTM professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni OTM rektoriga ma’lum qilish; OTMning o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish; ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish; OTMda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish; talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash; OTMdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish; bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va OTM hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish; OTM reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish; OTM tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish; OTMda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish; O‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish; OTM Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish; Ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni OTM rahbariyatiga taqdim etish.
5. Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: OTMda ta’lim sifatini DTS va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni va chora-tadbirlarni amalga oshiradi; asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta’lim sifatini aniqlash, uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yo‘nalishlarini belgilab berishga va bu jarayonni muvofiqlashtirishga qaratadi; ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganligini o‘rganadi; talabalarning darslik va o‘quv qo‘llanmalari (shu jumladan, elektron darslik va qo‘llanmalar) bilan ta’minlanganlik darajasini va zamonaviy talablarga mosligini ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar hamda tillar kesimida tahlil qiladi; OTM professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qiladi yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganadi va xulosalarni OTM rektoriga ma’lum qiladi; o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holatini o‘rganadi va ularni takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflarni beradi; ilmiy-tadqiqot ishlarining iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda olib borilayotganligini, OTM professor-o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi (fundamental, amaliy, innovatsion va h.k. tadqiqotlar kesimida) ishtirokini, ilmiy ishlarning ishlab chiqarishga tatbig‘ini moliyalashtirish manbalari holatlari bo‘yicha o‘rganadi; OTM tarkibiy tuzilmalarining zamonaviy moddiy-texnik ta’minoti, o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanilish darajasini tahlil qiladi; ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasini, OTMning kadrlar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy texnologik yechimlar yaratishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini (samarali yoki samarasizligini) o‘rganadi; o‘z sohasi bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarning rivojlanishiga qarab ta’lim jarayonlarini amalga oshirish uchun pedagog kadrlarning bevosita ishlab chiqarishda malakasi oshirilishini (muntazam yoki muntazam emasligi) hamda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha iste’molchilar bozorining o‘rganilganligini (marketing xizmati asosida) tahlil qiladi; ta’lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etilishini tahlil qiladi; talabalar bajarayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi mavzularining dolzarbligi, sifati va ularni ishlab chiqarishga qay darajada joriy qilinganligini o‘rganadi; OTMning tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchi instituti orqali oliy malakali kadrlar tayyorlash faoliyatini tahlil qiladi; OTMning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bilan hamkorlik faoliyatini tahlil qiladi; OTMda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishini (bayonnomalar asosida), professor-o‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligini, ta’lim muassasasidagi ma’naviy-ijtimoiy muhitni, pedagog xodimlarning axloqiy sifatlarini (so‘rovnoma asosida) o‘rganadi; OTM axborot-resurs markazi fondining zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligini, ulardan foydalanayotgan professor-o‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini aniqlaydi; bitiruvchilarning ta’limning keyingi bosqichiga o‘qishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qiladi; ota-onalar va ish beruvchilar hamda boshqa manfaatdor shaxslarning homiylik kengashi faoliyatidagi va ta’lim jarayonidagi ishtirokini tahlil etadi; professor-o‘qituvchilar reytingini aniqlash bo‘yicha takliflar kiritadi; talabalarning mustaqil ta’lim samaradorligini davriy ravishda monitoring qiladi; OTM rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar tomonidan xorijiy tillarni o‘rganishning samaradorligi bo‘yicha monitoring yuritadi; talabalar bilimini baholash bo‘yicha nazorat natijalarini tanlama tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini va shaffofligini o‘rganadi va takliflar tayyorlaydi; yakuniy davlat attestatsiyalarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilgan holda o‘tkazilganligini va uning natijalarini tahlil qiladi; OTMning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazadi, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi, ularni OTM rektoriga o‘rnatilgan tartibda taqdim qiladi; OTMda kadrlar tayyorlash sifati va talabalar bilim darajasini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi; OTM faoliyatini xalqaro ta’lim sifatini aniqlash indikatorlari bilan taqqoslash asosida uning jahon reytingida munosib o‘rin egallashi uchun tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi; OTMda xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligini, xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talaba, tayanch doktorant, doktorant, ilmiy xodimlar almashinuvini, fan sohasida xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishini (seminar, anjuman, simpozium va h.k.), chet el grantlari asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini, xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini tahlil qiladi va bu sohaning rivojlanishiga takliflar beradi va amaliy yordam ko‘rsatadi; bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va OTM hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganadi va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etadi; OTM reytingini xalqaro darajaga ko‘tarish uchun tajribali professor-o‘qituvchilar va yosh mutaxassislarni chet el tajribasini o‘rganish maqsadida xizmat safariga yuborish va ularning natijasini ta’lim jarayoniga tadbiq etishda OTM rahbariyati bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi; respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib boradi va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi; OTMda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijalari asosidagi takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etadi. III. BO‘LIMNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
6. Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega: Bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun OTM tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumotlar va materiallarni olish; OTM va uning tarkibiy tuzilmalarida talabalar, tinglovchilar va o‘quvchilarni o‘qitish sifatini, ta’limning tegishli turlari bo‘yicha ishchi o‘quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini DTSlariga, davlat talablariga, malaka talablariga va o‘quv reja hamda fanlarning namunaviy dasturlariga muvofiqligini belgilangan tartibda o‘rganish; OTMda attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va uning o‘z vaqtida bajarilishini nazoratga olish; OTMda ta’lim sifatiga oid qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa qarorlarning yetarli darajada ijrosi ta’minlanmaganligi aniqlanganda, mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish uchun rahbariyatga takliflar kiritish; OTMda ijtimoiy muhitni, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilishini tashkil qilish; ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, anjumanlar, simpoziumlar, seminar va o‘quvlarda ishtirok etish; belgilangan tartibda OTM Kengashiga saylash va saylanish; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
7. Bo‘lim quyidagi majburiyatlarga ega: Xizmat vazifalarini vijdonan bajaradi va o‘z sha’niga dog‘ tushirmaydi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, o‘quv va mehnat intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, OTMning Ustavi, Ichki tartib hamda Odob-ahloq qoidalariga rioya etadi. IV. BO‘LIM ISHINI TASHKIL ETISH
8. Bo‘lim respublikadagi barcha OTM tarkibida ularning belgilangan shtatlari doirasida OTM rektori buyrug‘iga muvofiq tashkil etiladi. Bo‘lim yuridik shaxs maqomiga ega emas.
9. Bo‘lim 3 nafar xodim: bo‘lim boshlig‘i va ikki nafar bosh mutaxassisdan iborat.
10. Bo‘lim xodimlarining oylik ish haqi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 8-son,40-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 33-son, 852-modda) muvofiq belgilanadi va OTM tomonidan to‘lanadi. Bo‘lim xodimlariga OTM xodimlari lavozimlari uchun belgilangan moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi.
11. Bo‘lim faoliyatiga rahbarlik qilish bo‘lim boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. Bo‘lim boshlig‘ining lavozimi, dekan lavozimiga tenglashtiriladi. Bo‘lim boshlig‘i bo‘lmagan (ta’til, betoblik, xizmat safari) davrda uning vazifasini bajarish bosh mutaxassisga yuklatiladi.
12. Bo‘limga ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida amaliy-metodik ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar, shuningdek, ilmiy-pedagogik stajga ega bo‘lgan shaxslar tarkibidan malakaviy talablarga muvofiq belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi.