QABUL – 2021/2022: ASOSIY YANGILIKLARI.
🔰Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo’lgan fuqarolarni 2021/2022 o’quv yilida respublika OTMning sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko’ra tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida o’qishga tavsiya etish huquqiga ega bo’lgan vazirlik, idora va yirik xo’jalik birlashmalarining ro’yxati tasdiqlandi
🔘Bunda:
— vazirlik, idora va yirik xo’jalik birlashmalari 2021/2022 o’quv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishlari mumkin;
— vazirlik, idora yoki yirik xo’jalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida 5 yildan kam bo’lmagan muddatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga ushbu vazirlik, idora yoki yirik xo’jalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma tashkilotning shaxsan birinchi rahbari tomonidan beriladi;
— suhbat natijalariga ko’ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o’qishga tavsiya etilgan talabgorning o’qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to’lov-kontrakt mablag’lari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo’jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to’lab beriladi.
RASMAN TASDIQLANDI.
O’zR ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2021 yil 26 iyuldagi 2-son bayoni bilan pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2021/2022 o’quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 5 avgustdan (qoida tariqasida, kuniga ikki smenada: 1-smena 07:00 dan, 2-smena 19:00 dan) boshlanishi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda o’tkazilishi belgilandi.
Davlat komissiyasining bayoni bilan pandemiya sharoitida abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratiladigan bo’ldi.
Bunda:
➡️ birinchi bo’limdagi majburiy uchta fan – ona tili (o’zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O’zbekiston tarixi fanlarining har biriga 10 tadan jami 30 ta test topshiriqlari va umumiy 60 daqiqa belgilanadi;
➡️ikkinchi bo’limdagi abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo’nalishiga mos ikkita fanning har biriga 20 tadan jami 40 ta test topshiriklari va umumiy 120 daqiqa belgilanadi;
➡️majburiy uchta fanga jami 63 ball, abityriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo’nalishiga mos ikkita fanga jami 126 ball, umumiy – 189 ball belgilanadi.
Manbaa: edu.uz
NAMUNAVIY TESTLAR TO’PLAMI
manbaa: dtm.uz
ABITURIYENTLARGA IMTIYOZLAR
ma’lumotga ega bo’lish
Kvota doirasida imtihonsiz talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar
ma’lumotga ega bo’lish
Imtihondan ozod etilib, tegishli fandan ma’lum miqdorda ball berish uchun asos bo‘luvchi imtiyozla
ma’lumotga ega bo’lish
To‘plangan ballga nisbatan qo‘shimcha ball berish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar
ma’lumotga ega bo’lish
Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar
ma’lumotga ega bo’lish
manbaa: dtm.uz
📹 2021/2022 yil o’quv yili uchun Oliy talim muassalari qabul jarayonlariga Ariza beruvchilarni kasbiy (Ijodiy) imtihonlar asosida qabul qilish jarayoni uchun videoyuriqnoma
ABITURIENT UCHUN YO’RIQNOMA
ABITURIYENTLARNI ONLAYN RO‘YXATGA OLISH
JAVOBLAR VARAQASI BO’YICHA QO’LLANMAN
ABITURIYENTLAR 5 TAGACHA TA’LIM YO’NALISHI TANLASHI MUMKIN.
Kirish test sinovlari abiturient tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi
Abiturientlar 5 ta gacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, abiturientlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.
Shuningdek, kirish test sinovlari abiturient tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.
(manbaa kun.uz)
JORIY YILDA TEST SINOVLARI 2 TA FANDAN BO’LIB O’TADI.
Joriy yilda istisno ravishda 3 ta majburiy fanlardan (ona tili, O‘zbekiston tarixi va matematika) test bo‘lmaydi.
Test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fandan o‘tkaziladi.
Test topshiriqlari soni har bir fan bo‘yicha 30 tadan, jami 60 tani tashkil etadi.
Ballar quyidagicha belgilanadi:
- Birinchi fan – 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball to‘plash mumkin.
- Ikkinchi fan – 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.
- Yig‘ish mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.
(manbaa dtm.uz)
«O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISHDA QO‘LLANILADIGAN IMTIYOZ TURLARI HAQIDA MA’LUMOT»
– Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
– “Nihol” mukofoti sohiblari;
– “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari;
– Olis cho‘l hududlari aholisi (Navoiy viloyati);
– Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari;
– Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilari;
– O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari;
– O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qism qo‘mondonligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga ega abituriyentlar;
– Nogironligi bo‘lgan shaxslar;
– O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlari;
– Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari;
– “Tarbiyachi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari;
– Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
– Fan olimpiadalari g‘oliblari;
– Chet tilidan milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlariga ega bo‘lgan abiturientlar;
– «Temurbeklar maktabi» bitiruvchilari;
– Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar;
Yuklab olish: Imtiyozlar-2020
2020-2021-O’QUV YILIDA O’LIY TA’LIM MUASSASALARINING BAKALAVRIAT TA’LIM YO’NALISHLARI UCHUN TEST SINOVLARINI O’TKAZISH REJALASHTIRILGAN BINOLAR RO’YXATI:
№ | Hudud nomi | Muassasa nomi | Manzil | Bino raqami va soni | Geolokatsiyasi |
1 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi | Nukus shahri, M.Jumanazarov ko‘chasi | 1 | https://goo.gl/maps/PpZyeiJMj8nGcjEx9 |
2 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi | Nukus shahri, M.Jumanazarov ko‘chasi | 2 | https://goo.gl/maps/PpZyeiJMj8nGcjEx9 |
3 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi | Nukus shahri, M.Jumanazarov ko‘chasi | 3 | https://goo.gl/maps/PpZyeiJMj8nGcjEx9 |
4 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi | Nukus shahri, M.Jumanazarov ko‘chasi | 4 | https://goo.gl/maps/PpZyeiJMj8nGcjEx9 |
5 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Nukus ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-intyernati | Nukus shahri, Chimboy guzari ko‘chasi | 5 | https://goo.gl/maps/o9MQRsqbgRSgJ6Pk9 |
6 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Nukus ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-intyernati | Nukus shahri, Chimboy guzari ko‘chasi | 6 | https://goo.gl/maps/o9MQRsqbgRSgJ6Pk9 |
7 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Respublika o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi (zaxira) | Nukus shahri, A.Dosnazarov ko‘chasi | 7 | https://goo.gl/maps/AotK2fE7H2wxhbnz8 |
8 | Andijon viloyati | Andijon olimpiya zaxiralari kolleji | Andijon shahri Mustaqillik ko‘chasi 1-uy | 1 | https://goo.gl/maps/Ngpdd1HoDkvvCrri7 |
9 | Andijon viloyati | Andijon davlat universityeti «Xorijiy tillar fakulteti» sport zali | Andijon shahri Bobur Shoh ko‘chasi 5-uy | 2 | https://goo.gl/maps/R2n9MRAscQUNSz6MA |
10 | Namangan viloyati | Barkamol Avlod sport majmuasi | Namangan shahri Istiqlol ko‘chasi 3-uy | 1 | https://goo.gl/maps/kayRBf6fKGbJnLUz9 |
11 | Namangan viloyati | Namangan olimpiya zaxiralari kolleji | Namangan shahri I.Karimov ko‘chasi 5-uy | 2 | https://goo.gl/maps/fBbzynpsjpZ2dRsd7 |
12 | Namangan viloyati | Namangan muhandislik qurilish instituti qoshidagi akademik litsey | Namangan shahri I.Karimov ko‘chasi 12-uy | 3 | https://goo.gl/maps/aRUn7iHpLTJDJpD16 |
13 | Namangan viloyati | Namangan muhandislik qurilish instituti 1-sport zal | Namangan shahri I.Karimov ko‘chasi 12-uy | 4 | https://goo.gl/maps/gYkeuFMbtThvhJGc7 |
14 | Namangan viloyati | Namangan muhandislik qurilish instituti 2-sport zal | Namangan shahri I.Karimov ko‘chasi 12-uy | 5 | https://goo.gl/maps/r44nm4WBTbW1raf6A |
15 | Farg‘ona viloyati | Farg‘ona shahar olimpiya zaxiralari maktab-internati | Farg‘ona shahri A.Navoiy ko‘chasi 55a-uy | 1 | https://www.google.ru/maps/@40.365052,71.7830237,328m/data=!3m1!1e3 |
16 | Farg‘ona viloyati | Farg‘ona shahar olimpiya zaxiralari maktab-internati | Farg‘ona shahri A.Navoiy ko‘chasi 55a-uy | 2 | https://www.google.ru/maps/@40.365052,71.7830237,328m/data=!3m1!1e3 |
17 | Farg‘ona viloyati | Farg‘ona shahar olimpiya zaxiralari maktab-internati | Farg‘ona shahri A.Navoiy ko‘chasi 55a-uy | 3 | https://www.google.ru/maps/@40.365052,71.7830237,328m/data=!3m1!1e3 |
18 | Farg‘ona viloyati | Neftchi bolalar va o‘smirlar futbol maktabi | Farg‘ona kichik xalqa yo‘li Temir yo‘l ko‘chasi | 4 | https://www.google.ru/maps/@40.386891,71.7504933,328m/data=!3m1!1e3 |
19 | Farg‘ona viloyati | Farg‘ona davlat universiteti sport majmuasi | Farg‘ona shahri Murabbiylar ko‘chasi 19-uy | 5 | https://www.google.ru/maps/@40.3863316,71.7783848,327m/data=!3m1!1e3 |
20 | Farg‘ona viloyati | Farg‘ona politexnika instituti sport majmuasi | Farg‘ona shahri Farg‘ona ko‘chasi 86-uy | 6 | https://www.google.ru/maps/@40.4205482,71.7719436,327m/data=!3m1!1e3 |
21 | Farg‘ona viloyati | Farg‘ona “Samo” universial sport majmuasi (zaxira) | Farg‘ona shahri Universitet ko‘chasi 43-uy | 7 | https://goo.gl/maps/K832hMqF76Mf81GU6 |
22 | Buxoro viloyati | «Semurg‘» sport majmuasi | Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 9/3-uy | 1 | https://goo.gl/maps/eEZ9SknWdJ4F4bFg7 |
23 | Buxoro viloyati | «Yoshlik» sport majmuasi | Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 9/1-uy | 2 | https://goo.gl/maps/eEZ9SknWdJ4F4bFg7 |
24 | Buxoro viloyati | «Yoshlik» sport majmuasi | Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 9/1-uy | 3 | https://goo.gl/maps/eEZ9SknWdJ4F4bFg7 |
25 | Buxoro viloyati | “Xumo” tenis majmuasi 1-zal (zaxira) | Buxoro shahri | 4 | https://maps.app.goo.gl/a21akbRyHGZ8XtZs6 |
26 | Buxoro viloyati | “Xumo” tenis majmuasi 2-zal (zaxira) | Buxoro shahri | 5 | https://maps.app.goo.gl/a21akbRyHGZ8XtZs6 |
27 | Buxoro viloyati | Nafis gimnastika sport majmuasi (zaxira) | Buxoro shahri | 6 | https://maps.app.goo.gl/a21akbRyHGZ8XtZs6 |
28 | Xorazm viloyati | «Yoshlik» sport majmuasi | Urganch shahri Yoshlik ko‘chasi | 1 | https://goo.gl/maps/Z7AsDZU5HcZXSXix9 |
29 | Xorazm viloyati | «Yoshlik» sport majmuasi | Urganch shahri Yoshlik ko‘chasi | 2 | https://goo.gl/maps/Z7AsDZU5HcZXSXix9 |
30 | Xorazm viloyati | «Yoshlik» sport majmuasi | Urganch shahri Yoshlik ko‘chasi | 3 | https://goo.gl/maps/Z7AsDZU5HcZXSXix9 |
31 | Surxondaryo viloyati | Termiz Alpomish kurash majmuasi | Termiz shahri G‘.Xasanov ko‘chasi, 1-uy | 1 | https://www.google.ru/maps/@37.244524,67.285947,315m/data=!3m1!1e3 |
32 | Surxondaryo viloyati | «Surxon» sport majmuasi | Termiz shahri A.Navoiy ko‘chasi 41-uy | 2 | https://www.google.ru/maps/@37.2411879,67.3044285,390m/data=!3m1!1e3 |
33 | Surxondaryo viloyati | «Surxon» sport majmuasi | Termiz shahri A.Navoiy ko‘chasi 41-uy | 3 | https://www.google.ru/maps/@37.2411879,67.3044285,390m/data=!3m1!1e3 |
34 | Surxondaryo viloyati | Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati | Termiz shahri A.Navoiy ko‘chasi 42-uy | 4 | https://www.google.ru/maps/@37.2436136,67.3060928,315m/data=!3m1!1e3 |
35 | Surxondaryo viloyati | Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati | Termiz shahri A.Navoiy ko‘chasi 42-uy | 5 | https://www.google.ru/maps/@37.2436136,67.3060928,315m/data=!3m1!1e3 |
36 | Surxondaryo viloyati | Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati | Termiz shahri A.Navoiy ko‘chasi 42-uy | 6 | https://www.google.ru/maps/@37.2436136,67.3060928,315m/data=!3m1!1e3 |
37 | Surxondaryo viloyati | Ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati | Termiz tumani A.Navoiy ko‘chasi Manguzar mahallasi | 7 | https://www.google.ru/maps/@37.2442846,67.3038162,223m/data=!3m1!1e3 |
38 | Surxondaryo viloyati | Ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati | Termiz tumani A.Navoiy ko‘chasi Manguzar mahallasi | 8 | https://www.google.ru/maps/@37.2442846,67.3038162,223m/data=!3m1!1e3 |
39 | Qashqadaryo viloyati | Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati | Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasi 13-uy | 1 | https://goo.gl/maps/1ZfZL1UfNc3SHCbk8 |
40 | Qashqadaryo viloyati | Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati | Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasi 13-uy | 2 | https://goo.gl/maps/1ZfZL1UfNc3SHCbk8 |
41 | Qashqadaryo viloyati | Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati | Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasi 13-uy | 3 | https://goo.gl/maps/1ZfZL1UfNc3SHCbk8 |
42 | Qashqadaryo viloyati | Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sport zali | Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasi 225-uy | 4 | https://goo.gl/maps/ECcknu6PcPMhdi6s6 |
43 | Qashqadaryo viloyati | Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sport zali | Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasi 225-uy | 5 | https://goo.gl/maps/ECcknu6PcPMhdi6s6 |
44 | Jizzax viloyati | Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati | Jizzax shahri Istiqlol ko‘chasi 12-uy | 1 | https://goo.gl/maps/dNBLQbnXAES4LHGFA |
45 | Jizzax viloyati | Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati | Jizzax shahri Istiqlol ko‘chasi 12-uy | 2 | https://goo.gl/maps/dNBLQbnXAES4LHGFA |
46 | Jizzax viloyati | Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati | Jizzax shahri Istiqlol ko‘chasi 12-uy | 3 | https://goo.gl/maps/dNBLQbnXAES4LHGFA |
47 | Jizzax viloyati | Jizzax davlat pedagogika instituti sport majmuasi (zaxira) | Jizzax shahri Sh.Rashidov shoh ko‘chasi 4 uy | 4 | https://goo.gl/maps/bm9T5ESdtMwxcXQm7 |
48 | Navoiy viloyati | «Yoshlar» sport majmuasi | Navoiy shahri Umid qo‘rg‘oni Me’morlar ko‘chasi | 1 | https://goo.gl/maps/43i35a8aZToLPUix9 |
49 | Navoiy viloyati | «Yoshlar» sport majmuasi | Navoiy shahri Umid qo‘rg‘oni Me’morlar ko‘chasi | 2 | https://goo.gl/maps/h2stoPLBDACqBkrTA |
50 | Navoiy viloyati | Yakka kurash maktabi STIBO‘SM | Navoiy shahri Umid qo‘rg‘oni Me’morlar ko‘chasi | 3 | https://goo.gl/maps/mkv5XuBVPxLMRanr9 |
51 | Samarqand viloyati | Samarqand davlat universiteti akadyemik litseyi sport zali | Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasi 237-uy | 1 | https://www.google.com/maps/@39.6701565,66.9647902,144m/data=!3m1!1e3 |
52 | Samarqand viloyati | Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar o‘smirlar sport maktabi | Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasi 243-uy | 2 | https://www.google.com/maps/@39.67006,66.9662328,144m/data=!3m1!1e3 |
53 | Samarqand viloyati | Samarqand sport o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi | Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasi 243-uy | 3 | https://www.google.com/maps/@39.67006,66.9662328,144m/data=!3m1!1e3 |
54 | Samarqand viloyati | Samarqand pedagogika va xizmat ko‘rsatish kolleji sport zali | Samarqand shahri Daxbed ko‘chasi 18-uy | 4 | https://www.google.com/maps/@39.6722834,66.9680429,148m/data=!3m1!1e3 |
55 | Samarqand viloyati | Samarqand sport o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi | Samarqand shahri Daxbed ko‘chasi 18-uy | 5 | https://www.google.com/maps/@39.67006,66.9662328,144m/data=!3m1!1e3 |
56 | Samarqand viloyati | Samarqand sport o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi (zaxira) | Samarqand shahri Daxbed ko‘chasi 18-uy | 6 | https://www.google.com/maps/@39.67006,66.9662328,144m/data=!3m1!1e3 |
57 | Sirdaryo viloyati | «Alpomish» sport majmuasi, yengil atletika maneji | Guliston shahri «Namuna» mahallasi, Guliston ko‘chasi | 1 | https://goo.gl/maps/vihNCPmsGq9WV1F89 |
58 | Sirdaryo viloyati | «Alpomish» sport majmuasi, Yopiq tennis korti | Guliston shahri «Namuna» mahallasi, Guliston ko‘chasi | 2 | https://goo.gl/maps/W52vztakksw6WeoJ6 |
59 | Toshkent shahri | «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasi | Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy | 1 | https://goo.gl/maps/QnSaNTckPFYvKficA |
60 | Toshkent shahri | «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasi | Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy | 2 | https://goo.gl/maps/MDAzZ2ycqcGC9wyk9 |
61 | Toshkent shahri | «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasi | Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy | 3 | https://goo.gl/maps/MDAzZ2ycqcGC9wyk9 |
62 | Toshkent shahri | «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasi | Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy | 4 | https://goo.gl/maps/MDAzZ2ycqcGC9wyk9 |
63 | Toshkent shahri | «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasi | Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy | 5 | https://goo.gl/maps/FH2Jex5bsyjg6trH8 |
64 | Toshkent shahri | «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasi | Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy | 6 | https://goo.gl/maps/eP2g1SfFegvFwSXZA |
65 | Toshkent shahri | «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasi | Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy | 7 | https://goo.gl/maps/4QmMZZWmB27ophev8 |
66 | Toshkent shahri | «Tennis» sport majmuasi | Toshkent shahri Iftixor ko‘chasi 1-uy | 8 | https://goo.gl/maps/4rL9cCavht7cGhuz7 |
67 | Toshkent shahri | Oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasi | Toshkent shahri 3-Niyozbyek yo‘li ko‘chasi 57-uy | 9 | https://goo.gl/maps/6RoYpS9thsTdeGbW7 |
68 | Toshkent shahri | Yoshlik sport majmuasi | Toshkent shahri Islom Karimov shoh ko‘chasi 98A-uy | 10 | https://goo.gl/maps/ebEi3XS5TPxsNh3M8 |
69 | Toshkent shahri | Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati | Toshkent shahri Foziltepa ko‘chasi 38-uy | 11 | https://goo.gl/maps/msc8WSEKsUJwreE9A |
70 | Toshkent shahri | Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati | Toshkent shahri Foziltepa ko‘chasi 38-uy | 12 | https://goo.gl/maps/msc8WSEKsUJwreE9A |
(manbaa dtm.uz)
Abituriyent qabul komissiyasiga tegishli hujjatlarni topshirishi, topshirgan hujjatlariga mos ma’lumotlar abituriyentlar bazasiga to‘g‘ri kiritilganini tasdiqlashi lozim. Qabul jarayoni tugagandan so‘ng abituriyentning murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi.
Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.
Test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagi huquqlarga ega: savollar kitobchasidan qoralama sifatida foydalanish; test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan so‘ng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari o‘tkaziladigan hududdan chiqib ketish.
Abituriyent test sinovlari o‘tkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 13:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 13:30) gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasport bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirishi, test sinovlarini o‘tkazish qoidalariga qat’iy amal qilishi bilan birgalikda, birinchi smenada soat 07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada soat 14:30 dan 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur:
test topshiriqlari kitobi va unga mos raqamli javoblar varaqasi raqamlari mosligini tekshirish;
test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;
javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishini ta’minlash;
test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qo‘yish;
javoblar varaqasi raqamini abituriyent ruxsatnomasi va titul varaqasining tegishli joyiga to‘g‘ri ko‘chirib imzo qo‘yish;
titul varaqasida ko‘rsatilgan maxsus kod va ta’lim muassasasi kodini javoblar varaqasida ko‘rsatilgan joyga to‘g‘ri ko‘chirib yozish va tegishli doirachalarni bo‘yash.
Abituriyent yuqorida ko‘rsatilgan majburiyatlaridan tashqari quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi:
javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldirish; javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig‘iga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo‘yamaslik;
javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lganligi uchun uni to‘g‘ri to‘ldirish;
belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini bo‘yab, test topshiriqlari kitobini va unga mos bo‘lgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.
Test topshiriqlari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi.
Abituriyentlar tanlagan ta’lim yo‘nalishiga qarab tegishli ravishda bir, ikki yoki uchta fan majmuasi bo‘yicha test sinovini topshiradi.
Test topshiriqlari kitobidagi mavjud har bir fan 30 tadan test topshirig‘ini o‘z ichiga oladi.
Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 30 ta test topshirig‘iga 1 soat, 60 ta test topshirig‘iga 2 soat, 90 ta test topshirig‘iga 3 soat vaqt belgilanadi.
Har bir test topshirig‘iga 4 tadan («A», «B», «C», «D») muqobil javoblar beriladi.
Abituriyent tomonidan har bir test topshirig‘iga faqat bitta javob belgilanishi shart bo‘lib, test topshiriqlari kitobida to‘g‘ri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini bo‘yaydi (javoblar varaqasida bo‘yalgan javoblarni o‘zgartirish mumkin emas). Agar javoblar varaqasidagi «belgilash uchun namuna» qoidasiga rioya etilmasa, jumladan bitta test topshirig‘iga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo‘yalsa yoxud to‘liq bo‘yalmasa ushbu test topshirig‘iga ball berilmaydi.
Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi. Sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etuvchi holatlarda test materiallarisiz kuzatuv ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.
Quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:
test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter,
telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;
test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;
test materiallarini binodan tashqariga chiqarsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa,
test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganda test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.