Hujjatlar to’plami
Ikkinchi oliy ma’lumot olish uchun talab etiladigan hujjatlar
Ikkinchi oliy ma’lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- Ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza.
- Oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan. Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
- 3,5 × 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat.
- Pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.
- Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

