Jizzakh Polytechnic Institute New Website is currently in testing mode

Fakultetlar

Kimyo muhandsiligi fakulteti dеkani

iqtisod fanlari nomzodi. Berdiqulov Azzam Mardonovich

Qabul vaqti: haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Telefon: (97) 815 85 00

E-mail: azzamberdikulov@mail.ru

Fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Sultanov Mansur G‘aniyevich

Qabul vaqti: har kuni soat 08-30 dan 16-00 gacha

Telefon: +99894 199-22-33

E-mail: msultonov626@gmail.com

Fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari

Saidov Jasurbek Zafar o‘g‘li

Qabul vaqti:har kuni soat 08-30 dan 16-00 gacha

Telefon: +99888 483-77-70

E-mail: jasursaidov881@gmail.com


  Kimyo muhandsiligi fakulteti tarixi
Mustaqillikdan keyin, 1992-yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan, alohida mustaqil Jizzax politexnika institutiga aylantirildi. 1977-yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax “Umumtexnika” fakulteti tashkil etildi. 1980-yilda u Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali sifatida faoliyat ko‘rsatib, bunda asosan, “Sanoat va fuqaro qurilishi”, “Qurilish buyumlarini ishlab chiqarish” mutaxassisliklari bo‘yicha bugungi kunga qadar respublikamiz va viloyatimiz xalq xo‘jaligiga ko‘plab mutaxassislar yetkazib berdi. Bu vaqtga kelib institut tarkibiga Toshkent avtomobil yo‘llari institutning Jizzaxdagi “Umumtexnika”, Toshkent Kimyo texnologiya institutining Jizzax “Umumtexnika” fakultetlari ham birlashtirilib Jizzax politexnika instituti tarkibida 5 ta fakultet faoliyat ko‘rsata boshladi. Bular: “Qurilish muhandisligi”, “Muhandislik iqtisodiyoti”, “Avtomexanika”, “Kimyo texnologiya”, “Kechki-sirtqi” fakultetlari shular jumlasidandir. Hozirgi “Arxitektura va qurilish” fakulteti 2014-yil 12-iyundagi “Vazirlar Mahkamasining Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida 2012-yil 29- iyundagi 187-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 157-son qarori, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 14-iyundagi 229-sonli buyrug‘ini ta’minlash maqsadida, “Binolar va muhandislik inshootlari injineringi” nomi bilan “Avtotransport” hamda institutning “Sanoat texnologiyasi va qurilish” fakulteti bazasida “Sanoat texnologiyasi” fakultetlari tashkil etildi. Jizzax viloyatining ishlab chiqarish va qurilish tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish orqali mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, Jizzax erkin industrial zonasida zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilgan korxonalar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, respublika hududlarida arxitektura va qurilish sohasi xodimlari kasb darajasi va malakasini zamonaviy talablarga muvofiq muntazam oshirib borish tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 5-sentyabrdagi 699-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2017-yil 17- sentyabrdagi 650-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida “Arxitektura va qurilish”, “Sanoat texnologiyalari”, “Avtotransport”, “Elektromexanika va radioelektronika”, “Servis” fakultetlari tashkil topdi.
  Hozirgi kunda Arxitektura va qurilish fakulteti tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
1.“Bino va inshootlar qurilishi”
2.“Muhandislik kommunikatsiyalari”
3.“Arxitekturaviy loyihalash”
4.“O‘zbek tili va adabiyoti”

  Fakultetda 4 ta ta’lim yo’nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
60730300 – “Bino va inshootlar qurilishi”
60730400 – “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji”
60730100 – “Arxitektura” (turlari bo‘yicha)
60730500 – “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyixalashtirish va eksplatatsiyasi

  Bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari
  1-KURS
60730100 – Arxitektura (turlari bo‘yicha)
60730300 – Bino va inshootlar qurilishi (bino va inshootlarni loyihalash,qurish)
60730400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyatsiya)
60730500 - Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyixalashtirish va eksplatatsiyasi
  2-KURS
60730100 – Arxitektura (turlari bo‘yicha)
60730300 – Bino va inshootlar qurilishi (bino va inshootlarni loyihalash,qurish)
60730400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyatsiya)
60730500 - Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyixalashtirish va eksplatatsiyasi
  3-KURS
60730100 – Arxitektura (turlari bo‘yicha)
60730300 – Bino va inshootlar qurilishi (bino va inshootlarni loyihalash,qurish)
60730400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyatsiya)
  4-KURS
5340200 – Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari)
5340400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji
5340100 – Arxitektura (turlari bo‘yicha)