Jizzakh Polytechnic Institute New Website is currently in testing mode

Fakultetlar

Kibersport fakulteti dеkani

p.f.d. prof. v.b. Hamidov Jalil Abdurasulovich

Qabul vaqti: haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha

Telefon: +99898 561-85-61

E-mail: jalil1975@umail.uz

Kibersport fakulteti ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini

Xushvaqtov Dilshod Abduvaliyevich

Qabul vaqti: haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha

Telefon: +99897- 613-06-06

E-mail: xushvaqtovdilshod606@gmail.ru


  Kibersport fakulteti tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 9-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5- sentyabrdagi 699-son qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida” gi 650-son buyrug‘iga asosan yangi “SERVIS” fakulteti tashkil topdi.
  Servis fakultetiga qarashli kafedralar
Logistika va servis kafedrasi–kafedra mudiri t.f.f.d., Djiyanboyev Sirojiddin Valiyevich Transport logistikasi kafedrasi haqida ma’lumot Jizzax politexnika institutning “Servis” fakulteti tarkibidagi «Transport logistikasi» kafedrasi 2017-yilda “Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi” nomi bilan tashkil qilindi. Ushbu davrda katt. o’q. F.Isroilov raxbarlik qilgan. Kafedra “Avtotransport korxonalarida texnik ekspluatatsiya jarayonida avtomobillar faoliyati samaradorligi hamda xavfsizligini ta’minlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish”, «Avtomobil transport vositalaridan ajralib chiqadigan chiqindi gazlarning atrof muxitga tarqalish qonuniyatini va ularning atmosfera havo balansiga ta’sirini asoslash», «Innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida bo’lajak bakalavrlarni kasbiy tayyorlashning ilmiy nazariy asoslari» yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Shuningdek, t.f.f.d S.V.Djiyanbaev mahalliy neft xomashyolaridan chiquvchi chiqindilarga qayta ishlov berib avtomobil va temiryo’l transportida uzatmalar qutisida foydalanish uchun surkov moylarini olish bo‘yicha ilmiy ishlarni amalga ochirib, qator patent va ilmiy yutuqlarga erishgan. Hozirgi kunda kafedrada katt.o’q. S.Qosimov “Elektron ta’lim trenajorlarini loyihalash va ulardan foydalanish metodikasi”, katt.o’q. Qarshiboyev Sh.E. “Texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning maxsus kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi (Yo‘lovchilarni tashishning zamonaviy texnologiyalari fani misolida), Axmedov Z.S. “Hududiy transport logistikasi sohasini boshqarishning innovatsion mexanizmlarini takomillashtirish” mavzularida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, kafedra xalqaro va mahalliy loyihalarni amalga oshirishda katta tajribaga ega bo‘lib, jumladan, 2017-2021-yillarda xalqaro “INTRAS” loyihasini amalga oshirdi va kafedrada “Intellektual transport tizimlari” mutaxassisligi bo‘yicha yangi magistratura yo‘nalishi ochildi. 2021-yilda Rossiyaning “SIMETRA” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Samarqand shahar transport aglomeratsiyasi uchun yo‘lovchilar oqimini o‘rganish” loyihasini amalga oshirdi. Kafedrada 30 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedra mudiri t.f.f.d. S.V.Djiyanbaev, dots. M. Raxmatullayev, katt.o‘qt. F.Isroilov, katt.o‘qt. S.Qosimov, katt.o‘qt. M.Eshonqulov, katt.o‘qt. Sh.Qarshiboyev, katt.o‘qt. X.Tog‘ayev, katt.o‘qt. Sh.Xoshimova, ass.Z.Axmedov, ass.B.Yo‘ldoshyev, ass.A.Nishonov, ass. B.Turatov, ass. I.Safarov, ass. D.Kuchimova kabi qator malakali fan o’ituvchilar faoliyat yuritmoqda. S.Djiyanbaev ilmiy faoliyati davomida 1 ta darslik, 4 ta o‘quv qo’llanma, darslik va broshyuralar, 30 dan ortiq ilmiy maqola, Gеrmaniya, Angliya, Ozarbayjon, Slovakiya, Avstriya kabi Yevropaning ko’plab rivojlangan davlatlarida malaka oshirib kelgan. BAKALAVRIAT 5620100 Transport logistikasi (TL) 5610100 Xizmatlar sohasi (AT) 5320200 Mashinasozlik texnologiyasi, mashina ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish (MT,MIChJ va A) MAGISTRATURA 5А310609 – Intellektual transoport transport tizimlari (avtomobil transporti)