- Ro‘yxatdan o‘tish
- Komissiya tarkibi
- Buyruq
- Nizom
- ta’lim yo’nalishlari ro’yxati
- Baholash mezoni
- Namunaviy suhbat savollari
- Suhbatdan o’tish jadvallari
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!Hukumat qaroriga (https://lex.uz/docs/-5818575) asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.
Ushbu toifadagi abituriyentlar 2022-yil 5-iyuldan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining suhbat.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.
Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.
Oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini yuklab olish.
KOMISSIYA TARKIBI
2023/2024 o‘quv yilida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni
Jizzax politexnika instituti bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha komissiyasi
T A R K I B I
№ | F.I.Sh. | Lavozimi | Vazifasi |
1 | Usmankulov Alisher Kadirkulovich | Rektor | Rais |
2 | Egamnazarov G`ayrat Gaybullaevich | O`quv ishlari bo`yicha prorektor | Rais muovini |
3 | Oliy ta’lim vazirligidan ma’sul xodim | A’zo | |
4 | Xaitov Xasan Qodirovich | Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bо‘lim boshlig‘i | A’zo |
5 | Qarshiboyev Sharof Egamnazarovich | Institut «Ta’lim sifatini nazorat qilish» bо‘lim boshlig‘i | A’zo |
6 | Texnikumlarning etuk mutaxassis o‘qituvchisi | A’zo | |
7 | Mutaxassis chiqaruvchi kafedra o‘qituvchilari | A’zo | |
8 | Sohalar bo‘yicha ishlab chiqarish tashkilotlaridan taklif etilgan etuk mutaxassis | A’zo | |
9 | Mirzabekov Mirkomil Saidaxmedovich | QM va KT fakulteti dekani.
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oily ta’lim muassasalarining bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha mas’ul |
Kotib |
Izoh: Ta’lim yo`nalishlari bo`yicha kafedraladan qo`shimcha soxa mutaxassislari jalb etiladi.
Jizzax politexnika institutida texnikum bitiruvchilarning suhbat
natijalaridan norozilik murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun
apellyatsiya (norozilik) komissiyasining tarkibi
- Abdunazarov Jamshid – Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor, komissiya raisi;
- . – institut “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring” bo‘limi boshlig’i, a’zo.
- Takabaev Qo‘chqor – institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, a’zo;
- Umirzaqov Azamat – Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bо‘lim boshlig‘i mutaxassisi, a’zo.
Zarurat ug’ilganda ta’lim yo`nalishlari bo`yicha kafedralardan qo`shimcha soha mutaxassislari jalb etiladi.
Texnikumlarning o’rta maxsus professional ta’lim dasturlarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichidan o’qishni davom etirishi mumkin bo’lgan o’z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo’nalishlari ro’yxati (Yuklab olish)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Baholash mezoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5812-sonli Farmoni asosida oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etilgan texnikumlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 11 yanvardagi 17-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM talablari asosida ishlab chiqilgan hamda texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni (keyingi o‘rinlarda – bitiruvchilar) o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali Jizzax politexnika institutining 2-bosqichidan o‘qishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘zsohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati asosida texnikum bitiruvchilari Jizzax politexnika institutiga kirish imtixonlarisiz, ushbu hujjatda keltirilgan baholash mezonlari asosida yakkatartibdagi suhbat orqali sinovdan o‘tkaziladilar.
3. Quyidagi talablarga javob bergan talabalar yakka tartibdagi suhbat jarayonlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladilar:
– Bitiruvchi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari «5 (a’lo)» va «4 (yaxshi)», biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi «5 (a’lo)» bo‘lishi;
– Texnikumni tamomlaganiga kamida ikki yil bo‘lgan bo‘lishi;
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 11 yanvardagi 17-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlariga suxbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOMga asosan Jizzax politexnika institutiga topshirmoqchi bo‘lgan texnikum bitiruvchi o‘quvchilari uchun tayyorlangan
NAMUNAVIY SUHBAT SAVOLLARI
YUKLAB OLISH
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni institutning bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga kiruvchilarga suhbatlar jadvali
№ | Suhbat kuni | Vaqti | Yo‘nalish kodi va nomi | Suhbatdan o’tuvchilar soni | guruxi |
1. | 10.08.2023 | 0800-1300 | Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari boʻyicha) | 8 | 1 |
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish | 7 | ||||
Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari boʻyicha) | 11 | ||||
3. | 10.08.2023 | 1400-1800 | Yoʻl muhandisligi (sohalar va faoliyat turlari boʻyicha) | 4 | 2 |
Qurilish muhandisligi: qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish | 4 | ||||
Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi | 19 | ||||
8. | 11.08.2023 | 0800-1300 | Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) | 3 | 3 |
Energetika (tarmoqlar boʻyicha) | 11 | ||||
Transport logistikasi (transport turlari boʻyicha) | 13 | ||||
10. | 11.08.2023 | 140-1800 | Transport vositalari muhandisligi (turlari boʻyicha) | 37 | 4 |
13. | 12.08.2023 | 0800-1300 | Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) | 13 | 5 |
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) | 13 | 6 | |||
12 ta ta’lim yo’nalishi mavjud | 143 |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Jizzax politexnika institutida o‘tkazilgan texnikum bitiruvchilarining
suhbat natijalari to‘g’risida
MA’LUMOT
2023/2024 o‘quv yilida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni institutning bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish yuzasidan suhbatlar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq 2023-yil 10-avgustdan 12 avgust kunlari Jizzax politexnika institutida texnikumlarni imtiyozli bitirgan bitiruvchilar ishtirokida suhbat asosida imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
2022-yil 11-yanvardagi Hukumat qarori bilan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan edi.
Unga ko‘ra, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishini davom ettirish uchun qabul qilinadi.
Bunda texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5” (aʼlo) va “4” (yaxshi), biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5” (aʼlo) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi.
Jizzax politexnika institutida bo‘lib o‘tgan suhbatdan oldingi konsultatsiyalar tashkil qilinib, unda instirur rektori A.Usmankulov ishtirok etib, suhbat jarayonlarining shaffof o‘tkazilishi, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi, har bir suhbatchining savol javoblari video tasvirga olinishi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.
Suhbat davomida professor-o‘qituvchilar Bitiruvchilarni o‘z sohasiga mos savollorni berishdi. Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi Suhbat komissiya aʼzolari shafoq tarzda o’tkazilishini instittut rektori shaxsan o’zi nazoratida o’tkazildi.