Jizzax politexnika institutida koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlar uchun kirish imtihoni bo‘lib o‘tadi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 3-ilovasiga muvofiq Oliy taʼlim muassasalariga koʻzi ojiz abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish tartibiga koʻra, Jizzax politexnika institutiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
Koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlar 2025-2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlarida 3 ta majburiy va 2 ta asosiy fanlardan imtihon topshiradilar
🕚 Vaqti: 2025-yil 24-iyul kuni soat 10:00
📍 Manzil: Jizzax politexnika instituti asosiy binosi konferensiya zali