Ilmiy kengash

Activities of the existing Scientific Councils of Jizzakh Polytechnic Institute.

1. Institut Kengashi yig‘ilishi o‘quv yili davomida har oyning so‘nggi haftasi juma kuni soat 14.00 da institut anjumanlar (yoki kichik majlislar) zalida o‘tkaziladi.
2. Institut Kengashi yig‘ilishlarida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring” bo‘limi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati farmonlari, farmoyishlari va qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hay’at qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining ijrosi yuzasidan axborot beradi.
3. Hisobot (axborot) beruvchi ishchi guruh raislari va mas’ullar institut Kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha imzolangan ma’lumotlar va qaror loyihalarini (qog‘oz va elektron variantda) kengash yig‘ilishidan 3 kun oldin Ilmiy kotibga taqdim etishlari shart.
4. Institut Kengashi yig‘ilishlarida Axborot-resurs markaziga yangi kelib tushgan adabiyotlar haqida markaz direktori tomonidan axborot beriladi.
Mazkur 2025–2026 o‘quv yili uchun ish reja institut Kengashining 2025-yil 29-avgustdagi 1-sonli majlisida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan.


INSTITUT KENGASHINING 2025–2026-O‘QUV YILI UCHUN ISH REJASI