Oliy ta'lim tizimida mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasi masalalariga hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ogoh bo'lishiga alohida e'tibor qaratilishi, xodimlarning salomatligi va xavfsiz mehnat qilishi uchun zarur sharoitlarning yaratilishi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridandir.
Jizzax politexnika institutida ham mazkur masalalar doimiy ravishda nazorat ostida bo'lib, boshlang'ich kasaba uyushma tashkiloti ushbu yo'nalishda muhim vazifalarni bajarib kelmoqda. Jumladan:
Shu bois mehnat muhofazasi va sharoitlarini yaxshilash bo'yicha samarali natijalarga erishish, bu boradagi sa'y-harakatlarni yanada maqsadli tashkil etish uchun, institutimizda hodimlar faoliyati davomida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini aniqlash, u to'g'risida axborotlarni yig'ish va tahlil qilish tizimi yo'lga qo'yilgan bo'lib, har bir holat bo'yicha choralar ko'riladi, sabablar o'rganiladi va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining ishlash shartlariga alohida e'tibor qaratilgan. Kasbiy sog'liqni saqlash xizmatlari nafaqat bir qator vazifalarni bajarishi kerak, balki bu vazifalar texnik va axloqiy jihatlarni hisobga olgan holda tegishli tarzda bajarilishi kerak.
Mehnatkashlarning huquq va manfaatlari doimiy himoyada. Shu bois institutda barcha xodimlar uchun qulay mehnat muhitini yaratish, kasbiy kasalliklarning oldini olish va baxtsiz hodisalarning yuz bermasligini ta'minlash borasidagi ishlar doimiy ravishda davom ettiriladi.
JizPI kasaba uyushma qo'mitasi.