Jizzax politexnika institutida tyutorlik lavozimi joriy qilingan. Institutda hozirgi vaqtda tyutorlik lavozimi bo‘yicha 21 nafar tyutor faoliyat olib bormoqda, bo‘sh ish o‘rinlari mavjud emas. Institutda tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonining shaffof tizimini joriy etish maqsadida institutga qabul qilinayotgan xodimlarni institut rektorining 2025-yil 17-maydagi 194-AF-sonli buyrug‘iga asosan nomzodlar bilan belgilangan tartibda suhbat o‘tkazilayotganligi hamda ularning til bilish darajasiga va pedagogik mahoratiga alohida e’tibor qaratilgan holda tanlovdan oʻtkazilyotganligi tanlov natijalari bo‘yicha suhbat guruhi bayonnomasi rasmiylashtirilib ishga qabul qilinadi.
Tyutorlar ishga qabul qilinishida qo‘yiladigan mezonlar:
taʼlim faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni, taʼlim standartlari talablari va mazmunini bilishi;
talabalar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy sohaga oid bilimlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish malakasiga ega boʻlishi, sohaga oid yangiliklardan xabardor boʻlishi;
axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash, qarorlar qabul qilish va oʻz fikrlarini yozma hamda ogʻzaki bayon etish, topshiriqlarni qisqa va loʻnda ifoda etish qobiliyatiga ega boʻlishi;
talabalarning oliy taʼlim tashkilotidagi faoliyatini tahlil qila olishi, muammolarini aniqlashi va ularni hal qilishning samarali yoʻllarini topish va amalda qoʻllashni bilishi lozim.
oliy maʼlumotga (bakalavr) ega boʻlish (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);
qonunchilik hujjatlariga muvofiq taʼlim berish huquqidan mahrum etilmagan boʻlishi;
maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyoti va amaliyotini chuqur anglab yetgan, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega boʻlish;
namunaviy shaxsiy fazilatlarga, shu jumladan, madaniyatli, masʼuliyatli, kirishuvchan, vatanparvar va tashabbuskor boʻlish;
mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalariga ega boʻlish.