“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Jizzax politexnika institutida “Antikorrupsiya bilimdoni” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida talabalarning bilimini boyitish va ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratildi. Final bosqichida bilimdon jamoalar o‘zlarining zakovat va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi talaba-yoshlar jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi: 1-o‘rin – Qurilish muhandisligi fakultetining "Muhandis yoshlar" jamoasi; 2-o‘rin – Qurilish muhandisligi fakultetining "Muhandislar" jamoasi; 3-o‘rin – Kibersport fakultetining "Yo‘lchilar" jamoasi.