Joriy yilning 6-dekabr kuni Jizzax politexnika institutida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosobati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirda institut ma’muriyati, professor-o‘qituvchilar, viloyat prokuraturasi xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ta’lim sohasida aniqlangan korrupsion holatlar, ularga nisbatan ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida institut talaba-yoshlari orasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi insholar” va “Eng yaxshi rasmlar” ko‘rik-tanlovlari g‘olib hamda sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu kabi tadbirlarni o‘tkazilishi davom etmoqda.