Img
2025-04-01

Jizzax politexnika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi

Jizzax politexnika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari, Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari va Transport muhandisligi fakulteti ma’sullari bilan birgalikda institutning kunduzgi ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida OTMlarda faoliyat olib borayotgan KQK “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlari vazifalari, institut hududida tashkil etilgan Adolat qutilari, bo‘lim xodimlarining ishonch raqamlari va ularga xabar yetkazish tizimlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarga 2024-yil 6-iyunda qabul qilingan "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Prezident farmoni mazmuni va mohiyati hamda talaba-yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi. Bu kabi tadbirlar o‘tkazilishi davom etadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3