O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida PF-37-son, 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 20-avgustdagi 314-sonli buyrug‘i 6.2-bandi ijrosini maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishda oliy ta’lim muassasalari ishtirokini ta’minlash, har oyda hududlarda joylashgan tadbirkorlik subektlari uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni modernizatsiya qilish, yangi tarmoqlarni o‘zlashtirish, hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha ko‘chma seminarlar tashkil qilinishi belgilangan. Shunga asoslanib, Forish tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashuvchi Kengash faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida ilmiy kengash tuzish bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Shavkat Uzoqov, statistika bo‘lim boshlig‘i Toxir Qo‘narov, mahallalar uyushmasi raisi Shavkat Islamov, Suvoqovasi bo‘limi boshlig‘i Farid Begmatov, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim mudiri Sobir Vaqqosov, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi mutaxassisi Jahonnur Abdug‘aniyev, tuman hokimligi bosh mutaxassisi Xurshid Atabullayev hamda Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Ishchi guruh tashkil qilindi. Shu jumladan Jizzax viloyat Forish tuman 5-sonli umumta’lim maktabida bolalar va yoshlarda innovatorlik tashabbusini shakillantirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Seminarda institutimiz professor-o‘qituvchilari va maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilari ishtrok etdi. Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan “Basalt Uzbekistan” AJ korxonasida mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonlaridan hosil bo‘ladigan oqava suvlarni mahalliy tozalash inshootlaridan foydalangan holda tozalash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha ko‘chma seminarlar tashkil qilinishi dekabr oyida ham davom etadi.